Barcha talabalar diqqatiga!!!
2018-yil 1-maydan boshlab “Talabalar sport haftaligi”doirasida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida quyidagi jadval asosida sport musobaqalari o’tkazilishi belgilangan.
№ | Sport turlari va ishtirok etuvchi jamoalar | O’tkazish vaqti | O’tkazish joyi |
1. | Shaxmat.OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 1-2 may | Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali |
2. | Yengil atletika. OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 2-5 may | Toshkent tibbiyot akademiyasi |
3. | Voleybol. OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 4-8 may | O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti |
4. | Basketbol. OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 10-12 may | Toshkent davlat texnika universiteti |
5. | Kurash. OTMning yigitlari | 14-15 may | Toshkent temiryo’l transporti muhandislari instituti |
6. | Mini futbol. OTMning yigitlari | 17-19 may | Toshkent farmatsevtika instituti |
7. | Gandbol. OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 21-23 may | O’zbekiston milliy universiteti |
8. | Armrestling. OTMning yigitlari | 24-25 may | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
9. | Dzyudo. OTMning yigitlari | 28-30 may | Toshkent davlat agrar universiteti |
10. | Suzish. OTMning yigitlar va qizlar jamoalari | 28-30 may | Toshkent moliya instituti |
Musobaqalarda ishtirok etishni hohlovchi talabalar institut O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti va jismoniy tarbiya bo’limiga murojaat qilishini so’raymiz. Musobaqalarda faol ishtirok eting va g’olibga aylaning.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi
institut Boshlang’ich tashkiloti