tillar
Tuychiyeva Saodat Meliquziyevna
Ilmiy darajasi va unvoni:
Lavozimi:
Kafedra mudiri
Qabul vaqti:
Har kuni (15:00-18:00)
Tel.:
+99899-833-97-32
E-pochta:
Veb-sayt:
KAFEDRA TARIXI
Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi institut tashkil topgan kundan boshlab yuqori malakali farmatsevt mutaxassislarni tayyorlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. O‘tgan 80 yil mobaynida institut va kafedra hayotida o‘chmas iz qoldirgan ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishdi.
Kafedra faoliyatini 1937-yilda tillar bo‘yicha kurs sifatida boshlagan. O‘sha davrlarda dastlab kurs rahbari sifatida nemis tili o‘qituvchisi X.K.Dal faoliyat yuritgan. Bu davrda bo‘lim 2 ta lotin tili o‘qituvchisi N.Mixaylov va I.M.Shvarsman hamda rus tili o‘qituvchisi M.Grigoryandan iborat bo‘lgan. 1941-yilda esa kafedra quyidagi o‘qituvchilar bilan kengaygan:
- E.Shuls — lotin tili o‘qituvchisi;
- Sheverova — rus tili o‘qituvchisi;
- Rustambekov — o‘zbek tili o‘qituvchisi;
- M.Shvarsman — rus tili katta o‘qituvchisi.
1945-yilda mavjud bo‘lim negizida tillar yo‘nalishida 2 ta: rus tili va chet tillari kafedrasi tashkil etilgan. Rus tili kafedrasiga S.M.Shvarsman, chet tillar kafedrasiga I. M. SHvarsman rahbarlik kilganlar. 1948-yilda tillar kafedrasi birlashtirilib, S. M.Shvarsman kafedra mudiri etib tayinlangan. 1950-yili kafedra lotin va chet tillari kafedrasiga ajratilib, bu kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent N.Ya.Rifman rahbarlik qilgan. 1957-yilda bu kafedralar yana birlashtirilib, katta o‘qituvchi S.G. Murashkina mudir qilib tayinlangan va u 1986-yilgacha kafedrani boshqargan. O‘tgan yigirma yil davomida kafedrani:
– pedagogika fanlari nomzodi, dotsent U.SH. Tursunova;
– dotsent D.M.Ziyodullayeva;
– dotsent M.G.Travitskaya;
– katta o‘qituvchi T.E.Fogellar boshqarib kelishgan.
2002-yilda chet tillar va o‘zbek-rus tillari kafedrasi birlashtirilib, “Tillar kafedrasi” tashkil etildi. Shu davr mobaynida kafedra ham o‘quv, ham tashkiliy-uslubiy, ham ilmiy, ham ma’naviy-ma’rifiy jihatdan o‘sdi va o‘zgardi. Kafedrada yangi adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollarni yaratish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. 2002—2009- yillarda dotsent N.S.Suyundikov, 2009-yil sentyabrdan 2010-yil martgacha katta o‘qituvchi M.B.Umarova, 2010-yil martdan 2012-yil sentyabrgacha dotsent L.X.Bazarova, oxirgi yillarda U.M.Yunusova va D.Q.Xudoyqulovalar kafedraga mudirlik qilishda va aynan shu davrda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz, lotin, rus va o‘zbek tili yo‘nalishida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi.
Kafedra tarixida lotin tili katta o‘qituvchilari M.G.Travitskaya, L.X.Bazarova va N.S.Suyundikovlar institut dotsenti unvonini olganlar.
Institut tashkil topgandan beri o‘zining butun ilmini institut va kafedra bilan bog‘lagan kishilarni faxr bilan tilga olamiz.
Bular:
E.V.Stepunika (1943-1956), S.M.Shvarsman (1938-1951), O.P.Fozilova (1948-1953), N.A.Rifman (1950-1957), S.X.Xalimova (1950-1957), A.T.Dikasova (1950-1952), I.M.Karp (1950-1978), G.A.Freyman (1953-1963), I.A.Umrixin (1957-1963), A.S.Alekseyev (1955-1966), T.A.Alekseyeva (1956-1985), F.I.Muchnik (1962-1984), E.M.Dobrinskaya (1970-1982), A.Xojimurodov (1963-1972), D.R.Isaxarova (1968-1981), N.I.Travitskaya (1967-1972), S.G.Murashkina (1957-1986), R.G.Jigina (1961-1985), M.S.Zusina (1963-1996), SH.A.Ortiqova (1964-1997), T.E.Fogel (1991-199 M.G.Travitskaya (1963-1995), F.U. Magzumova (1972-1999), V.V.Uralskaya (1968-1997), A.P.Ulyanova (1979-2000), V.A.Shek (1989-2000), S.N.Balakina (1977-2000), U.SH.Tursunova (1986-2001), M.X.Isroilova (1997-2007). 2008), N.N.Maxmudova (1973—2006), V.N.Kovtunenko (1971—2009), R.NAbdullayeva (1997— 2010), F.X.Kalonova (1985-2010), K.Jalilova (2003-2008), N.X.Qo‘chqarova (2003-2012), L.X.Bazarova (1979-2013), A.T. SHaposhnikova (1979-2016).
KAFEDRA MUDIRI HAQIDA MA’LUMOT
To‘ychieva Saodat Meliqo‘ziyevna 1966-yil 27-iyunda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. Otasi –Dadajonov Meliqo‘zi- psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. Pedagogik faoliyati oliy ta’lim va malaka oshirish tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qator yillar A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMIda kafedra mudiri va prorektori, Nizomiy nomidagi TDPI “Psixologiya” kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlab kelgan. Onasi- Dadajonova Salomat- bugungi kunda nafaqadagi faxrli pedagog, xalq ta’limi a’lochisi. O‘z faoliyatini umumiy o‘rta maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida boshlab, keyinchalik Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgan. Turmush o‘rtog‘i–To‘ychiyev Shavkat- nafaqadagi ichki ishlar podpolkovnigi, o‘g‘li- To‘ychiyev Bexzod- farmatsevtika zavodida ishlab chiqarish bo‘yicha direktor, qizi- To‘ychiyeva Nodira –xususiy bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlab kelmoqda. Nabirali.
1983-yilda Toshkent shahridagi 234-maktabni “Oltin medal” bilan tamomlab, Respublika rus tili va adabiyot pedagogika institutiga imtiyoz bilan kirib, 1988-yilda rus tili va adabiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. Pedagogik faoliyatini 1988-yilda Toshkent shaxridagi 109-maktabda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1993-yilda “Xalq ta’limi” jurnalida muxarrir, 1994-yilda Nizomiy nomidagi TDPI “Amaliyotchi psixologlar” maxsus fakultetiga kirib, fakultetni imtiyozli yakunlab, psixologiya yo‘nalishidagi aspiranturaga imtiyoz bilan qabul qilindi. 1998-yilda 19.00.07- yosh davrlari va pedagogik psixologiya sohasida “Yangi turdagi akademik o‘quv muassasalari o‘quvchilarida axloqiy tarbiyaning psixologik xususiyatlari” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bugungi kunda psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. “Antik dunyo” akademiyasining fahrli professori.
1998-yildan boshlab Nizomiy nomidagi TDPI “Umumiy psixologiya kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ng dotsent lavozimlarida ishlash bilan birga, 1997-yildan o‘rindoshlik asosida Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining “Psixologiya va boshqaruv menejmenti” kafedrasida psixologiya fanidan dars berish bilan davom ettirgan. 2007-yilda Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, 2008-yildan to 2015-yilning oktyabrigacha “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasining mudiri, 2015-yilning oktyabridan 2016-yilning iyunigacha Toshkent farmatsevtika institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, 2016-yilning 10-iyunidan to shu kungacha Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
To‘ychiyeva Saodat Meliqo‘ziyevna ko‘plab chet mamlakatlarda ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha tashkil etilgan seminar, konferensiya va davra suhbatlarida ishtirok etgan. Xususan, 1998-yilda AQSHning Nyu York shahrida o‘tkazilgan “AQSHda ta’limn tizimi” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminarda, 2005-yilda Azerbayjonning Baku shahrida o‘tkazilgan “Ta’lim samaradorligini oshirishda psixologik xizmatning ro’li” mavzusidagi konferensiyada, 2014-yilda Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan “Russkiy mir” Fondining VIII Assambleyasida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etgan. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi, ilmiy izlanishlari, hamkor tashkilotlar bilan amalga oshirayotgan ishlari davlatimiz va hamdo‘stlik davlatlari ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan e’tirof etilgan. 2006-yilda oliy ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi uchun “Mustaqillikning 15 yilligi” ko‘krak nishoni, 2007-yilda oliy va xalq ta’limini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va o‘quv qo‘llanmalari uchun “Antik dunyo” akademiyasining fahrli professori unvoniga, malaka oshirish va xalq ta’limi tizimiga qo‘shgan hissasi uchun 2008-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni, 2014-yilda Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimi, malaka oshirish tizimida ko‘p yillik xizmatlari uchun Toshkent viloyati xokimining “Faxriy yorlig‘i”, 2014-yilda A.S.Pushkin tavalludi ayomida O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish va o‘qitish tizimiga qo‘shgan xizmatlari uchun Rossiya Federatsiyasi “Rossotrudnichestvo” tashkilotining rahbari A.Kasachevning, 2015-yilda “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi Fan va Ta’lim Markazining rahbari V.Shulikaning “Faxriy yorliqlari” va “Tashakkurnoma”lari bilan rag‘batlantirilgan.
Ilmiy pedagog faoliyati davomida S.To‘ychiyeva tomonidan 80 dan ziyod o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar va maqolalar nashr qilingan. Ular orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Umumiy psixologiya”, “Yosh davrlari va pedagogik psixologiya”, “Kasbiy qadriyatlari” o‘quv qo‘llanmalari, malaka oshirish kurslarining ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyot kurslari tinglovchilari uchun ma’ruza matnlari to‘plamlari, rus tili o‘qituvchilari uchun “Русский язык в играх”,“Сборник тестов для 5-9 классов”, “Уроки мастерства-основа школы мастерстваuslubiy qo‘llanmalari hamda ko‘plab ilmiy tezis va maqolalari nashr etilgan. 10dan ziyod treninglarda trener sifatida ishtirok etgan. “Osiyo taraqqiyot banki”ning loyihalarida qatnashgan. Oliy ta’lim va malaka oshirish tizimi sohasiga dori 20dan ziyod darslik va qo‘llanmalarga taqrizlar bergan.Bundan tashqari u O‘zbekiston teleradio kompaniyasining “Yoshlar”, “O‘zbekiston”, “Oilaviy, “Mahalla” kabi kanallarning turli eshittirishlarida psixolog mutaxassis, olima sifatida tez-tez ishtirok etib oynai jahon orqali bolalar tarbiyasi, ta’lim masalalari, oilalardagi shaxslararo munosabatlar mavzularida o‘z fikrlarini bildirib turadi.
Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikdagi seminarda
O‘zbekiston teleradio kompaniyasi binosi oldida ko‘rsatuvdan so‘ng
“Ta’lim va taraqqiyot” mavzusidagi ko‘rgazma ishtirokchilari Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.K.Ismailov, Rossiya Federatsiyasidan ishtirokchi biznes-trener I.Voznilov.
KAFEDRANING SHU VAQTGA QADAR ERISHGAN YUTUQLARI
Tillar kafedrasida faoliyat yuritgan ustozlarimiz institutda nafaqat shogirdlar, balki ijod qilib ilmiy meros ham qoldirganlar. Xususan, 2003-yilda L.X.Bazarova, N.S.Suyundikov, X.X.Xolmatovning “Lotin tili”, “Латинский язык”, 2007-yilda D.Q.Xudoyqulova, L.X.Bazarova, M.B.Umarovaning “Zamonaviy dorivor preparatlar annotatsiyalarini ingliz tilidan tarjima qilish uchun” qo‘llanmasi, 2011-yilda L.X.Bazarova, N.S.Suyundikovning “Lotin tili” sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari uchun, 2013-yilda L.X.Bazarova, N.S.Suyundikov, SH.B.Matyusupovalarning “Латинский язык. Учебное пособие”, 2010-yilda L.X.Bazarova, V.N.Kovtunenkoning “Английский язык” darsliklari, 2011-yilda kafedra katta o‘qituvchilari A.T.Shaposhnikova tomonidan “Russkiy yazik» o‘quv qo‘llanmasi talabalar uchun yaratilgan.
Bugungi kunda kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dotsent S.M.To‘ychiyeva boshqarib kelmoqda. Kafedrada bakalavr yo‘nalishida farmatsevtik terminologiya, ingliz tili, rus tili va o‘zbek tili, hamda magistratura yo‘nalishida amaliy ingliz tili va “Nutq madaniyati” fanlari o‘qitiladi. Kafedrada 3 nafar fan nomzodi, dotsent va 20 nafar yosh, potensiali yuqori malakali o‘qituvchilar faoliyat yuritishmoqda. Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari respublika miqiyosida tashkil etiladigan ilmiy amaliy anjumanlari, seminar-treninglarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Kafedrada respublika “Yil o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan pedagoglar faoliyat yuritishmoqda. 2004-yilda kafedraning katta o‘qituvchisi D.Q.Xudoyqulova “Ustoz” Prezident jamg‘armasi sovrindori sifatida Buyuk Britaniyada “Aspect academy”, 2016-yilda kafedra o‘qituvchisi A.E.Abdullaeva 2012-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ qarorini asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi va 2016-yilning avgust oyida Buyuk Britaniyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini o‘tishdi. Bundan tashqari A.E.Abdullayeva va bir qator pedagoglar 2016-yilning 9-10 dekabr kunlari Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etdi. Bugungi kunda kafedra Nizomiy nomidagi TDPU, Toshkent stomatologiya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUning turdosh kafedralari bilan hamkorlik shartnomalari asosida turli seminarlar, davra suhbatlari va o‘zaro darslarda ishtirok etib kelmoqdalar.
Tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Xudoykulova “Xorijiy til ta’limida soha terminlarining o‘rni va ahamiyati “ mazusida ilmiy ishlarni amalga oshirib, joriy yilda ushbu mavzu doirasida 5 ta ilmiy maqola, yangi “Farmatsevtik terminologiya” fanidan o‘quv-metodik kompleks, shu fandan xorijiy adabiyot tarjimasi va talabalar uchun N.Suyundikov, L.Bozorovalar hammuallifligida “Farmatsevtik terminologiya va lotin tili asoslari” darsligini nashrga tayyorladi. 2016-yil may oyida Samarqand chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan chet tillar bo‘yicha olimpiadada institut talabasi Qaxxorov Sarvar ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni egalladi.
2015-yilda kafedraning katta o‘qituvchisi M.Umarova “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” ko‘rik-tanlovida “Innovatsion va axborot texnologiyalarni eng yaxshi qo‘llaydigan pedagog” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va institut rahbariyati tomonidan “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.
80 yil mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilar OTMda ingliz, o‘zbek, rus tillarini, lotin tili va farmatsevtik terminologiya fanlarini o‘qitishning dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari ustida o‘z izlanishlarini olib bordilar. Kafedra professor-o‘qituvchilarining mehnati har yili institut rahbariyati tomonidan rag‘batlantirib boriladi.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR HAQIDA MA’LUMOT
Kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritmoqda.
Kafedraning katta o‘qituvchilari:
Suyundikov Ne’matilla Sa’dullayevich
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 98 362-71-42 Tug’ilgan yili: 18.01.1946-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 1970-yildan beri ishlaydi. Lotin tili va farmatsevtik terminologiya o‘qituvchisi. 1970-1985 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 1985-2002 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2002-2012 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi mudiri. 1998-2006 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi. 2009 y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Osmanova Maryam Soipxanovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 93 561-20-01. Tug’ilgan yili: 18.08.1950-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2004 yildan buyon ishlaydi. Rus tili o‘qituvchisi. 1968-1973 yy. – Toshkent davlat universiteti talabasi. 1973-1980 yy. – O‘zbekiston davlat arxivi katta ilmiy xodimi. 1983-1996 yy.- Toshkent shahar 234-maktab rus tili o‘qituvchisi. 2002-2004 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2004-y. – h.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Olimova Shirinoy Maksudovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 94 638-74-65. Tug’ilgan yili: 21.06.1957-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI 1995-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 1974-1976 yy. – Bekobod shahar xokimiyati madaniyat bo‘limi kutubxonasi xodimi. 1976-1981 yy. – Toshkent davlat chet tillari pedagogika instituti talabasi. 1981-1984 yy. – Bekobod shahar xokimiyati yoshlar bilan ishlash bo‘limi kotibasi. 1984-1995 yy. – Toshkent shaxar Uchtepa tumani 14-o‘rta maktab o‘qituvchisi. 1995 y.- h.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Umarova Marxabo Baxadirovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 99 899-56-64. Tug’ilgan yili: 05.09.1964-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2009-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 1986-1990 yy. – Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi ekskursovodi. 1990-1998 yy.- Toshkent shahar Yunusobod tumani 202-bolalar bog‘chasi o‘qituvchisi. 1998-2006 yy. – Toshkent arxitektura kurilish instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2006-2009 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2009 y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Yunusova Umida Mirfazilovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 93 949-55-43. Tug’ilgan yili: 22.04.1973-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2013-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 1990-1995 yy. – Toshkent davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti talabasi. 1998-2005 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2005-2008 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi. 2008-2012 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2012-2013 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi mudiri. 2013 y. – h.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘kituvchisi. |
Matyusupov Shakarjon Bekmamatovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 93 561-20-01. Tug’ilgan yili: 25.01.1975-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2008-yildan buyon ishlaydi. Lotin tili va farmatsevtik terminologiya o‘qituvchisi. 1996-1997 yy. – Xorazm viloyati 14-maktab o‘qituvchisi. 1999-2008 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2008 y.- h.v. Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Xudoyqulova Dilafuz Qobildjanovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 90 999-95-34. Tug’ilgan yili: 25.02.82-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2013-yildan buyon ishlaydi. – Lotin tili va ingliz tili o‘qituvchisi. 1998-2002 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti talabasi. 2002-2003 yy. – Toshkent shaxar 228-maktab ingliz tili o‘qituvchisi. 2003-2013 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 2013 y.- 2016yy – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi mudirasi vazifasini bajaruvchisi. 2016y-h.v- Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Raxmonova Azizaxon Abdugafurovna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 93 550-26-00. Tug’ilgan yili: 21.10.1981-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2000-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 1998-2002 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti talabasi. 2002-2003 yy. – Elektrotexnika tibbiyot texnikumi o‘qituvchisi . 2000-2010 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2010-y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Taranikova Marina Anatolevna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 90 174-23-28 Tug’ilgan yili: 29.02.80-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2005-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 1998-2004 yy. – Toshkent davlat sharqshunoslik instituti talabasi. 2005-2011 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2011-y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Abdullayeva Albina Ergashevna
Lavozimi: Katta o‘qituvchi Tel:. +998 97 714-50-57 Tug’ilgan yili: 15.09.1986-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Kafedrada 2012-yildan buyon ishlaydi. Ingliz tili o‘qituvchisi. 2003-2009 yy – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti talabasi. 2010-2012 yy – Qoraqalpoq davlat universiteti ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi. 2012-2017 yy – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2017-y.-h.v.- Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. |
Kafedraning o‘qituvchi-assisentlari
Shukurdjanova Samiyaxon Alimovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 99 871-31-01 Tug’ilgan yili: 10.05.1973.-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 1990-1995 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. 1999-2008 yy. – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 64-o‘rta maktab o‘qituvchisi. 2008-y.- h.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Maxmudbekova Gulnora Ubaydullayevna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 90 959-85-33 Tug’ilgan yili: 18.08.1971-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI 2004-yildan buyon ishlaydi. Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi. 1999-2005 yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi .2003-2004 yy. – Toshkent Oliy qo‘mondonlik bilim yurti ish yurituvchisi (0,5 stavka). 2004-y.- h.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi |
Musayeva Gavxar Islamovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 97 742-77-28 Tug’ilgan yili: 22.08.1980-yil E-pochta |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 2000-2003 yy. – O‘zbekiston jahon tillari universiteti ingliz tili o‘qituvchisi. 2002-2004 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti. 2003-2007 yy. – A.Navoiy nomidagi Respublika nafis san’at litseyi o‘qituvchisi. 2007-2014 yy. – 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi. 2014-y. – x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Maksudova Xilola Ferdinandovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 90 185-01-74 Tug’ilgan yili: 10.10.1983-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 2000-2004 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti talabasi. 2004-2006 yy.- O‘zbekuiston davlat jaxon tillari universiteti magistranti. 2005-2006 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti ingliz tili o‘qituvchisi. 2006-2014 yy. – Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 34-maktab o‘qituvchisi. 2014-y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Kenjayeva Nigora Davlatovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 90 993-98-88 Tug’ilgan yili: 18.12.1981-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 2002-2003 yy. – Sirdaryo viloyati Guliston shaxri 5-o‘rta maktab ingliz tili o‘qituvchisi. 2003-2004 yy. – Sirdaryo viloyati Guliston shaxar xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab- internat o‘qituvchisi. 2005-2009 yy. – Toshkent shaxar Mirzo Ulug‘bek tumani Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi. 2009-2010 yy. – Toshkent shaxar Yunusobod tumani 80-o‘rta maktab o‘qituvchisi. 2010-2012 yy. – Toshkent shaxar Yunusobod tumani dizayn kasb-xunar kolleji o‘qituvchisi. 2012-2014 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti magistratura talabasi. 2014-y – x.v – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Temirova Shaxlo Raxmanovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 93 563-20-21. Tug’ilgan yili: 29.03.1987-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 2009-2011 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti. 2011-2013 yy. – Toshkent shaxar tibbiyot kolleji o‘qituvchisi. 2013-y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Shirinova Feruza Atxamovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 90 920-71-31 Tug’ilgan yili: 18.02.1981-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 1997-2001 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi. 2003-2005 yy. – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistranti. 2003-2007 yy. – Toshkent shaxar Uchtepa tumani 14-o‘rta maktab o‘qituvchisi. 2007-2011 yy. – Yunusobod dizayn kasb- xunar kolleji o‘qituvchisi.2011y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Axmedova Tursunoy Baxtiyarovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. +998 90 317-44-33 Tug’ilgan yili: 02.12.1981-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 1998-2002 yy. – Guliston davlat universiteti talabasi. 2002-2004 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti magistratura talabasi. 2003-2006 yy. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. 2014-y. – x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Karimova Nilufar Salomdjanovna
Lavozimi: o‘qituvchi Tel:. : +998 97 343-84-14 Tug’ilgan yili: 31.01.1983-yil E-pochta: |
|
MEHNAT FAOLIYATI Ingliz tili o‘qituvchisi. 2004-2010 yy. – O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti talabasi. 2007-2012 yy. – Toshkent shaxar Chilonzor tumani 162-maktab o‘qituvchisi. 2012 y.- x.v. – Toshkent farmatsevtika instituti tillar kafedrasi o‘qituvchisi. |
Kafedrada bugungi kafedrada 4 nafar IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglar faoliyat yuritishmoqda. Bular:
- Maksudova Xilola Ferdinandovna- IELTS 6.0
- Shirinova Feruza Atxamovna – IELTS 6.0
- Karimova Nilufar Salomdjonovna- IELTS 6.0
- Temirova Shaxlo Raxmanovna – IELTS 6.0
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN O‘QUV-USLUBIY FAOLIYAT HAQIDA MA’LUMOT
Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:
5510500 – Farmatsiya
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil)
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)
5111000 – Kasb ta’limi (5510500-Farmatsevtika ishi)
5510600 – Sanoat farmatsiyasi (dori vositalari)
5510600 – Sanoat farmatsiyasi (farmatsevtik biotexnologiya)
5510600 – Sanoat farmatsiyasi (kosmetsevtika)
5320500 – Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)
Kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
Bakalavriat:
- Ingliz tili;
- Lotin tili va farmatsevtik terminologiya;
- Rus tili;
- O‘zbek tili.
Magistratura:
- Nutq madaniyati.
- Аmaliy ingliz tili
Ingliz tili fanining maqsad va vazifalari
Mustaqil Respublikamiz hayotida tub burilishlar sodir bo`layotgan hozirgi pallada milliy ta’lim taqdiriga aloqador qator muammolar o`z yechimini topmoqda. Oliy ta’lim tizimining shakli va mazmunida ro`y berayotgan yangilanish jarayoni alohida fanlarni o`ziga xos usullar vositasida o`qitishni talab etmoqda. Yurtimiz farzandlarining hur fikrli, bilimdon, keng dunyoqarashli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida voyaga yetishi millatimiz kelajagini belgilovchi muhim omildir.
“Ta’lim to`g`risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi muhim hujjatlar qabul qilingandan so`ng, ularni hayotga tadbiq qilish uchun ta’lim sohasida qator vazifalar belgilandi. Ana shu munosabat bilan dastur, darslik va qo`llanmalarni, namunaviy va ishchi dasturlarni yangicha, zamonaviy talab asosida yaratish zarurati tug`ildi.
Farmatsevtika institutida ingliz tili o’qitishning asosiy maqsadi ingliz tilidagi zamonaviy farmatsevtik atamalarni tushunib, savodli tarzda qo’llay oladigan, mutaxassislikka oid adabiyotlarni o’qib, tarjima qila oladigan, ingliz tilida muloqot yurita oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Ingliz tili farmatsevt uchun jahon fani yangiliklarini va yutuqlarini tezkor qabul qilish imkonini beradi. Talabani ingliz tilida og`zaki va yozma muloqotga tayyorlash uchun uning ingliz tili o`rganish jarayonida erishgan ko`nikma va malakalari quyidagi imkoniyatlarni beradi:
– o`z kasbi bo`yicha axborot olish maqsadida ingliz adabiyotini o`qish;
– ingliz tilida olingan axborotni tarjima, referat ko`rinishida rasmiylashtirish;
– ingliz tilida og`zaki muloqotga kirishish;
– ma’ruza va xabarnomalar tayyorlash;
– o`z sohasi bo`yicha ijtimoiy, siyosiy va o`lkashunoslik muammolari yuzasidan nazarda tutilgan dastur bo`yicha suhbat olib borish;
– o`z sohasi bo`yicha xujjatlarni rasmiylashtirish.
Fan bo`yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
Ingliz tilini o`qitib bo`lgandan so`ng talabalar:
– mutaxassisligi bo`yicha va ommaviy mavzudagi matnni lug`at yordamida o`qish va ma’nosini to`g`ri tushunish;
– mutaxassisligi bo`yicha va ommaviy mavzudagi matnni o`qish va lug`atsiz asosiy ma’nosini tushunish;
– mutaxassisligi bo`yicha adabiyotdan kerakli axborotni yoki ma’lumotni tanlay olish, soddalashtirish va referat tuzish;
– mutaxassisligi bo`yicha o`rganilgan mavzuda chet tilida suhbatlashish;
– chet tilida axborot tayyorlashlari kerak.
Hamda quyidaglarni bilishlari kerak:
– mutaxassislik bo`yicha adabiyotning o`ziga xos ilmiy uslubiy asoslari;
– ilmiy matnni soddalashtirish va referat tuzish asoslari;
– ingliz tilidagi adabiyot bilan mustaqil ishlash uslublari;
– lug`at va ma’lumotlar bilan ishlashning asosiy turlari;
– ish yozishmalarini rasmiylashtirish asoslari.
“Ingliz tili” fanidan mashg`ulotlarning mavzular va soatlar bo`yicha taqsimlanishi:
Yo’nalishlar | Jami soat | Amaliy mashg`ulot | Mustaqil ta`lim | |
1 | Farmatsiya |
142
|
72
|
70 |
2 | Kasb ta`limi | |||
3 | Sanoat farmatsiyasi | |||
4 | Biotexnologiya | |||
5 | Metrologiya |
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalari mutahasislikka oid matnlar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishi kerak.
Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so‘ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
Fanning mazmuni
1.Grammatika
Morfologiya bo’limi
- Artikl
Aniq va noaniq artikllar. Gapdagi o’rni. Artikllarning ishlatilishi.
- Ot
Umumiy va qaratqich kelishiklar. Sanoqli va sanoqsiz otlar. Otlarnlng ko’plik shakli. Ot yasovchi qo’shimchalar.
- Sifat
Sifatlar. Sifat darajalari (oddiy, qiyosiy, orttirma sifatlar). Sifat yasovchi qo’shimchalar.
- Son
Sanoq son. Tartib son. Kasr son. Ishlatilishi.
- 5. Olmosh
Kishilik, egalik, ko`rsatish, gumon va so`roq olmoshlari. Kishilik olmoshlarining ob’yekt kelishigi.
- Fe`l
“To be” fe’li. “To have” fe’li. Noaniq zamon guruhi. Davom fe’llari guruhi. Tugallangan zamon guruhi..Aniq va majhul nisbat. Modal fe’llar. Modal fe’llar ekvivalentlari. Fe’lning shaxssiz shakllari: Infinitiv, Gerundiy, Sifatdosh.
- Ravish
Ravish darajalari. Ravish yasovchi qo’shimchalar. Ularning gapdagi o`rni
- Predlog
Vaqt predloglari. O’rin-joy predloglari. Yo’nalish predloglari. Ishlatilishi.
- Bog’lovchilar
Bog’lovchi so’zlar. Ishlatilishi.
2.Sintaksis
- Gap
Darak gapdagi so’z tartibi. Sodda gap. Qo’shma gap. Ega. Kesim. So’roq gap. So’roq gap turlari. So’roq so’zlar. Inkor gap.
- Ikkinchi darajali bo’laklar
To’ldiruvchi. Aniqlovchi. Hol.
- Konstruksiyalar
“There is”, “there are” konstruksiyasi. Darak gap shakli. Inkor gap shakli. So’roq gap shakli. Qisqa javob. “As … as”, “not so …as” konstruksiyasi. Ishlatilishi.
- Zamonlar moslashuvi
Og’zaki nutqni rivojlantirish uchun mavzular
- About myself
- My working day
- Months, seasons, holidays
- Our chemical lab
- My first experiment
- Chemistry
- My future profession
- I.Mendeleyev
- Avicenna
№ | Amaliy mashg’ulot mavzulari | Soat |
1 | Grammar:”To be” in the Present, Past and Future tenses (the affirmative, negative and interrogative forms). Personal pronouns.
Writing: “About Myself” p.1.(TB, p.13). |
2
|
2 | Information Technologies:
Grammar: The Noun. The Plural form of the Noun. The Article. “To have” Integrated skills: Reading and Writing |
2 |
3 | Grammar revision. (”To be”. “To have”. The Noun. The Article.)
Speaking: “About Myself” p.2. |
2
|
4 | Grammar: The Present Indefinite Tense. Adverbs of frequency.
Objective case of the Personal pronouns. Text: “My Working Day”, p.1. (TB, p.24). Integrated skills: Reading and Writing |
2 |
5 | Information Technologies:
Integrated skills: Listening and Speaking Grammar: Adverbials of Time. |
2 |
6 | Grammar revision. (The Present Indefinite Tense. Adverbials of Time.)
Text: “My Working Day”, p.2. Integrated skills: Reading and Writing |
2 |
7 | Mid-term control work.
Writing; Speaking |
2
|
8 | Gram: The Numeral. Degrees of Comparison of the Adjectives.
Text: “Months, seasons, holidays”, p.1. (TB, p.35) Integrated skills: Listening and Speaking |
2 |
9 | Information Technologies:
Integrated skills: Reading and Writing Grammar: Special question. Impersonal sentences. |
2 |
10 | Gram revision. (The Numeral. Degrees of Comparison of the Adjectives.)
Text: “Months, seasons, holidays”, p.2. Questioning. Integrated skills: Listening and Speaking |
2
|
11 | Gram: Construction There is / are.
Text: “Our Chemical Lab”, p.1 (TB, p.44). Integrated skills: Reading and Writing |
2 |
12 | Information Technologies:
Integrated skills: Listening and Speaking Grammar: Prepositions of Place. |
2 |
13 | Gram revision. (Construction There is / are. Prepositions of Place.)
Text: “Our Chemical Lab”, p.2. Questioning. Integrated skills: Reading and Writing |
2 |
14 | Mid-term control work.
Writing; Speaking |
2 |
15 | Grammar: The Past Indefinite tense.
Text: “My First Experiment”, p.1. (TB, p.53). Integrated skills: Listening and Speaking |
2 |
16
|
Integrated skills: Reading and Writing
Grammar: The Past Indefinite tense (Special question). |
2 |
17 | Information Technologies:
Integrated skills: Listening and Speaking Grammar revision. (The Past Indefinite tense. Special question.) Text: “My First Experiment”, p.2. Questioning. |
2 |
18 | Final lesson | 2 |
19 | Grammar: Modal verbs(can, may, must).
Text: “Chemistry”, p.1. (TB, p.61). |
2 |
20 | Information Technologies:
Grammar: Word-formation. Modal verbs (Special question). |
2 |
21 | Grammar revision.( Modal verbs: can, may, must. Word-formation.)
Text: “Chemistry”. p.2. Questioning. |
2 |
22
|
Grammar: The Equivalents of the Modal verbs.
Text: “My Future Profession”, p.1. (TB, p.70). |
2
|
23 | Information Technologies:
Grammar: The Equivalents of the Modal verbs (Special question). |
2 |
24 | Grammar revision. (The Equivalents of the Modal verbs. Special question.)
Text: “My Future Profession”,p.2. Questioning. |
2
|
25
|
Mid-term control work.
Writing; Speaking |
2 |
26 | Grammar: The Passive Voice.
Text: “Mеndеleyеv”,p.1. (TB, p.76). |
2 |
27 | Information Technologies:
Grammar: Noun and Adjective forming suffixes. |
2 |
28 | Grammar revision. (The Passive Voice. Noun and Adjective forming suffixes.)
Text: “Mеndеleyеv”,p.2. Questioning. |
2
|
29 | Information Technologies:
Text: “Hydrogen”, (TB, p.83). |
2 |
30 | Grammar: Noun-forming prefixes. Participle I, II
Text: “Oxygen”, (TB, p.89) |
2 |
31 | Grammar: Indefinite pronouns: some, any, no.
Text: “Nitrogen”, (TB, p.95). |
2 |
32 | Mid-term control work.
Writing; Speaking |
2 |
33 | Grammar: The Present and The Past Continuous tense.
Text: “Water “, (TB, p.101). |
2 |
34 | Information Technologies:
Grammar: Future Continuous Tense Text: “Avicеnna “, p.1. |
2 |
35
|
Grammar: Continuous tenses. Revision.
Text: “Avicеnna “, p.2. Questioning. |
2 |
36 | Final lesson | 2 |
Jami | 72 |
Tillar kafedrasining 2017-2018 o‘quv yilida o‘zaro darslarga tashrif bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari hisoboti
Tillar kafedrasida professor-o‘qituvchilarning o‘zaro darslarga tashrifi rejasi 2017-yil 26-avgustida kafedraning 1-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan. 2017-2018 o‘quv yilining 1-yarmiga 15 dasrlarga o‘zaro tashrif rejalashtirilgan. Barcha darslarga reja asosida kirilgan, faqat reja bo‘yicha dotsent N.K.Sobirovaning o‘rniga N.Karimova, F.Shirinova va Abdullayevaning darslariga kafedraning katta o‘qituvchisi M.Umarova tashrif buyurgan.
Kafedra mudiri 2017-2018 o‘quv yilining 1-yarmida 8 ta darsga tashrif buyurishi rejalashtirilgan va barcha darslar tashrif daftarida o‘z aksini topgan.
Kafedrada 2017-2018 o‘quv yilida 5 ochiq dars o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan shu kungacha 3 ta ochiq dars o‘tkazilgan va taxlil daftarida taxlil qilingan hamda hisoboti kafedraga topshirilgan.
Tillar kafedrasida darsliklar bilan ta’minlanganlik
№ | Fan nomi | Darslik va qo’llanma nomi | Muallifi | Nashr yili | Soni |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 7 |
1. | Ingliz tili |
|
Bazarova L.X Kovtusniko V.N | 2005 | 907 |
|
Bazarova L.X Kovtusniko V.N | 2010 | 102 | ||
|
Бабаева С.Р | 2015 | 5 | ||
|
Бонк Н. А. | 1997 | 30 | ||
|
Абдуазизов А. | 2007 | 20 | ||
|
2015 |
10 |
|||
|
2015 | 45 | |||
Жами: | 1119 | ||||
2. | Русский язык |
|
Рахимова С.Р, Муслимова Г.М. | 2005 | 8 |
|
Дмитрусенко Н.Е. | 2005 | 8 | ||
|
2008 | 5 | |||
|
2006 | 48 | |||
|
Шапошникова А.Т. | 2012 | 10 | ||
Жами | 79 | ||||
3. | Lotin tili va farm.terminologiya |
|
Бозорова Л, Суюндиков Н, Холматов Х. | 2005 | 147 |
|
Бозорова Л, Суюндиков Н. | 2011 | 187 | ||
|
М.Исроилова | 2016 | 50 | ||
|
Чернявский М.Н. | 2015 | 10 | ||
Жами: | 394 | ||||
4. | O’zbek tili |
|
Турдиева К., Ахмедова Д. | 2006 | 48 |
|
Чориев Т. ва бошқалар | 2008 | 3 | ||
|
2006 | 9 | |||
Жами: | 60 |
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT
Tillar fanlar kafedrasining 2017 yil bo‘yicha ilmiy ishlar hisoboti
Kafedraning ilmiy ishlari “Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish orqali xorijiy tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida olib boriladi. 2016-2017 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilari o‘zlari tuzgan va tasdiqlangan reja asosida faoliyat yuritdilar.
Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida ilmiy ishlar olib borayotgan professor-o‘qituvchi yo‘qligiga qaramay kafedra xodimlar respublikamizda o‘tkaziladigan ilmiy – amaliy anjumanlarda ishtirok etish uchun maqola, tezislar tayyorlab, dissertatsiyalari ustida ish olib bordilar.
Tillar kafedrasi o‘qituvchilari zamonaviy o‘qitish usullarini qamrab olgan mavzulrada izlanishlar olib borib, respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy seminarlarda 84 ta maqola chop ettirildi. Jumladan, kafedra mudiri S.M.To‘ychiyeva va kafedra o‘qituvchilaridan M.B.Umarova, U.M.Yunusova, A.E.Abdullayeva, X.F.Maksudova, F.Shirinova, G.Musayeva va T.SH.Temirovalar Penza shahrida bo‘lib o‘tgan “Sovremennie sotsialno-ekonomicheskie problemi, zakonomernosti, prespektivi“konferensiyasida o‘z maqolalari bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari 2016- yilning 16-oktyabr kuni A.E.Abdullaeva TDPU tillar kafedrasi mudiri SH.B.Raximova bilan birgalikda Institutda amaliy seminar tashkil etib, Britaniya Britaniyada o‘rganib kelgan malakalarini ingliz tili o‘qituvchilariga ulashishdi. 2017-yil yanvar oyida kafedra o‘qituvchilari TDPU bilan hamkorlik ishlarini davom ettirgan holda Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
2017-yil may oyida Samarqand chet tillar institutida bo‘lib o‘tgan chet tillar bo‘yicha olimpiada institut talabasi Abdullayev Umid ishtirok etib faxrliy yorliq bilan taqdirlandi.
Kafedraning katta o‘qituvchisi M.Umarova “Ingliz tilini boshqa tillar bilan qiyoslab o‘rganish” mavzusida izlanishlar olib borib, shu yo‘nalishda 8 ta maqola nashr etilgan. Bundan tashqari u kafedra o‘qituvchilari A.E.Abdullayeva, A.Raxmanovalar bilan birgalikda Oxunboboev nomli tibbiyot kollejida maxorat darsini o‘tishdi va o‘qituvchilar tashakkurnoma va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Kafedra o‘qituvchisi N.Kenjaeva “Ways of improving communicative competence in ESP classes” “Communicative competence by developing” Speaking activists ; Natsionalno- kulturnie xarakteristiki frazeologichiskix edinits zaimstvovannix s drugix yazikov ilmiy-amaliy anjumani to‘plamlarda o‘z maqolalari bilan ishtirok etgan.
Dotsent S.To‘ychiyeva “Akmeologiya- konseptualnoe zveno v sisteme nauk o cheloveke” mavzusida ilmiy izlanishlar olib boradi. “Problemi kachestva obrazovaniya i sovershenstvovanie kompetentnosti pedagoga”; “Rol obrazovatelnix texnologiy v razvitie samostoyatelnogo mishleniya budushix farmatsevtov” mavzularida maqolalar chop ettirdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydanishning afzalliklari, pedagogik kompetensiyani rivojlantirishda ushbu texnologiyalarning roli va ahamiyatini o‘rganish xususiyatlari tadqiq qilindi.
Katta o‘qituvchi N.S.Suyundikov “Frazeologik birikmalar va ularning tarjimalari” mavzu doirasida 2 ta maqola chop etgan. Yangi “Farmatsevtik terminologiya” fanidan o‘quv-metodik kompleks, shu fandan talabalar uchun “Farmatsevtik terminologiya va lotin tili asoslari” darsligini nashrga tayyorladi.
O‘qituvchilar N.Karimova va SH.Temirovalar joriy yilda o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi farmatsevtika yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlariga o‘quv-usubiy qo‘llanmani yaratish ustida ish olib borishdi. Ular tomonidan respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 11 maqola nashr etildi.
T.Axmedova “Some ways of teaching to speak and communicate by using games”; “Strategies for developing listening skills” va badiy tarjimaga oid izlanishlar olib borib mafolalar chop ettirdi.
Kafedra katta o‘qituvchisi A.Raxmanova “Ta’lim, fan va ishlab chikarishda farmatsiyaning dolzarb muamollari” Respublika ilmiy-amaliy anjumanida o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.
Katta o‘qituvchi SH.Matyusupova “Several Reasons why gems can improve students spearing proficiency” ; “Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiya” mavzularida ilmiy ishlarni amalga oshirib, joriy yilda ushbu mavzular doirasida 2 ta ilmiy maqola, yangi “Farmatsevtik terminologiya” fanidan o‘quv-metodik kompleksni hammualliflikda ishlab chiqdi.
O‘qituvchi A.E.Abdullayeva, G.Musayeva, N.Karimovalar TFI qoshidagi akademik litsey o‘qituvchilari uchun amaliy seminar va mahorat darslarini tashkil etib, o‘z tajribalarini ulashishdi.
Katta o‘qituvchi M.Taryanikova institut ilmiy tadqiqotchilari uzviy faoliyat olib borib, asosan tarjimalar bilan ishlaydi. Joriy yilda: “Production of medicinal preparation”; (Part I) “Production of medicinal preparation” (Part II); “Production of medicinal preparation” (Part III) ;Methodical manual for laboratory lessons for the 4th course students
4-kurs talabalari uchun uslubiy qo‘llanmalarni ingliz tiliga ilmiy tarjimalarini amalga oshirdi.
O‘qituvchi G.Musayeva kafedra o‘qituvchilari M.Taryanikova, N.Kenjayevalar bilan hammualliflikda 2 va 3 bosqich talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratishdi. G.Musayeva turli xil konferensiyalarda ishtirok etdi va uning 6 ta maqolasi chop etildi.
Kafedra o‘qituvchilari F.SHirinova, X.Maksudova, G.Maxmudbekova, M.Osmanova, S.Shukurjanovalar ham mutaxassisligiga oid mavzularda izlanishlar olib borishdi va 10 dan ortiq maqola va tezislari chop etildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, joriy 2017-yilda kafedra professor-o‘qituvchilar OTMda xorijiy, lotin, rus tillarini o‘qitishning dolzarb muammolari va ularni hal etish yo‘llari ustida o‘z izlanishlarini olib borganlar. Shuni aytib o‘tish kerakki, 2016-yilga nisbatan nashr etilgan ilmiy maqolalar soni joriy yilda ham sifat ham mazmun jihatdan talabga to‘la javob beradi.
2016-2017 o‘quv yilida kafedra “Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish orqali xorijiy tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlarini davom ettiradi va shu bilan birga uzluksiz ta’limning barcha bo‘g‘inlarida oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish orqali xorijiy tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish omillari va vositalari, zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydanishning afzalliklari, pedagogik kompetensiyani rivojlantirishda ushbu texnologiyalarning roli va ahamiyatini o‘rganish, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 1875-qarori ijrosni ta’minlash va oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarni tashkil etish, respublika va OTMda tashkil etiladigan ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etish, Nizomiy nomidagi TDPU, M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU, 1 va 2-shahar tibbiyot kollejlari bilan koorporativ hamkorlik shartnomalarini tuzish va reja asosida ishlarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi.
Kafedra jamoasi talaba yoshlar uchun «PHARM-ERUDITE» uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy jurnalini nashr etdi. Bundan tashqari N.Suyundiqov, D.Xudoyqulova, L.Bozorova hammuallifligida “Farmatsevtik terminologiya va lotin tili asoslari” darsligi nashrga tavsiya etilib, yangi o‘quv yildan talabalar qo‘liga etib boradi.
Izoh:2017 yilda nashr etilgan ilmiy maqolalar ro‘yxati ilovada jadval asosida keltiriladi.
Toshkent Farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 201 6-2017 o‘quv yilida nashr ishlari haqida hisobot
№ | Maqola, tezis nomi | Nashr etilgan joyi va vaqti | Mualliflar |
1. | Ijtimoiylashuv jarayoni va shaxsni muvaffaqiyatga etaklovchi omillar | “Maktab va hayot” jurnali, 2017 yil №1 , 11-13 betlar | To‘ychiyeva S.M.
|
22. | Akmeologicheskiy podxod v protsesse podgotovki buduщix spetsialistov | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” Respublika ilmiy –amaliy anjumani materiallari, Tashfarmi 335-336 betlar | To‘ychiyeva S.M. |
33. | Oliy ta’lim muassalarida oila va murabbiy hamkorligi | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masalalari” Respublika ilmiy –amaliy anjumani materiallari, Tashfarmi , 304-305 betlar | To‘ychiyeva S.M.
Abdullayeva F.A. |
44. | Problemы kachestva obrazovaniya i sovershenstvovanie kompetentnosti pedagoga | Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya “Sovremennie sotsialno- ekonomicheskie problemi, zakonomernosti, prespektivi” g.Penza, RF 141-144 str | To‘ychiyeva S.M. |
55. | Akmeologiya- konseptualnoe zveno v sisteme nauk o cheloveke | “Materialы nauchno-prakticheskogo seminara “Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan: nauka, obrazovanie i vospitanie molodeji”, filial MGU,213-216 str | To‘ychiyeva S.M. |
66. | Rol obrazovatelnыx texnologiy v razvitie samostoyatelnogo mыshleniya buduщix | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU 142-144 betlar | To‘ychiyeva S.M. |
77. | Bo‘lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda kasbiy sifatlar va kasbiy kompetentlikni shakllantirish | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,139-144 betlar | To‘ychiyeva S.M.
Ne’matova G. |
88. | Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari | “Maktabgacha ta’limning ustivor vazifalari: muammolar, echimlar va istiqbollar” vazirlik tizimidagi ilmiy-amaliy anjuman Termiz DU
90-92 betlar |
To‘ychiyeva S.M.
Matyusupova.SH.B |
99. | Kompetentnost pedagoga v sisteme professionalnogo obrazovaniya | Respublikanskaya nauchno-prakticheskaya konferensiya n temu “Rol i znachenie srednego professionalnogo obrazovaniya v sisteme todgotovki kadrov” g.Tashkent IPPKKPO, 187-189 str | To‘ychiyeva S.M. |
110. | Said Rizo Alizodaning pedagogik merosi | Nauchno-prakticheskaya konferensiya “Sovremennыe problemы psixologii i deontologii” g.Tashkent Stom.institut 38-42 str | To‘ychiyeva S.M. Suyundikov.N.S |
11 | “Ingliz tilini qiyosiy o‘rgatish xususiyatlari” | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil. 339 bet | Umarova.M.B |
12. | “Using grammar material in teaching English ” | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil. 340 bet | Umarova.M.B |
13. | “Rekomendatsii po provedeniyu zanyatiy s rechevыmi obrazsami” | “Sovremennыe sotsialno-ekonomicheskie protsessы: problemы, zakonomernosti, perspektivы ” Sbornik statey II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensiy Rossiya, Penza, may 2017 goda. Str.47 | Umarova.M.B
Abdullayeva A.E. |
14. | Talaba til bilsin” | “Sharq dunyosi” gazetasining 2017 yili 8 fevraldagi 3- soni. 7bet | Umarova.M.B |
15. | “Xorijiy til: uni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnalogiyalardan foydalanish” | “Sharq dunyosi” gazetasining 2017 yili 30 maydagi 10-soni 6 bet | Umarova.M.B |
16. | “Ta’lim tizimida multimedia vositalaridan foydalanish samadorligi” | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,48 bet | Umarova.M.B |
17. | “Mustaqillik yillarida o‘zbek tilining rivojlanish samaradorligi” | “Davlati tili: muammo va echimlari” (maqola to‘plami) V son. Toshkent davlat yuridik universiteti. T., 2017 yil. 14 bet | Umarova.M.B. |
18. | Pedagogika texnalogiyalar-zamonaviy ta’lim tizimining muhim omili | “Zamonaviy pedogogika fanning dolzarb muamollari”. M.Ulg‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti. Ilmiy maqolalar to‘plami T., 2017 yil. 221 bet | Umarova.M.B. |
19. | Importance of writing skills | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 354-355 betlar | YunusovaU.M. |
20. | Milliy ta’lim tizimi rivoji uchun horij tajribalarini o‘rganish va ularni isloh qilish | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016, 189-192 betlar | YunusovaU.M. |
21. | “Forms and styles of Essay writing” | Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent 2017, 497-501 betlar | YunusovaU.M. |
22. | “To enhance communicative the students of higher education through some innovative practices” | “Sovremennie sotsialno-ekonomicheskie protsessi: problemi, zakonomernosti, perspektivi” Sbornik statey II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensiy Rossiya, Penza, may 2017 goda. Str. | Maksudova.X.
Yunusova.U.M. |
23. | Greating and increasing of students’ listening speaking skills by using ICT | Ilmi-fan va ta’lim interatsiyasi Respublika ilmiy- uslubiy maqollari to‘plami ,O‘zDSMI, 2016y., 201-204 betlar | Xudoyqulova.D.Q. |
24. | Ingliz va o‘zbek adabiy maqollari xususida | “CHet tillarini o‘qitish sohasida jaxon ilm-fan nazariyasi va amaliyotining interatsiyasi” ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami; O‘zDJTU, 2017 | Xudoyqulova.D.Q. |
25. | Innovative approaches in teaching pharmaceutical terms | O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi; 2017 yil, | Xudoyqulova.D.Q. |
26. | Interactive methods of training and teaching | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.Toshfarmi.,2016 yil; 294 -295 betlar | Raxmanova.A.A. |
27. | Qo‘shqanotli so‘zlarining rus tlidan ingliz tiliga tarjimasida tarjimaviy almashtirish | O‘zbekiston Davlat Jaxon tillari Universiteti 2017 yil | Raxmanova.A.A. |
28. | Global kompetensiyalarini rivojlantirishda xorijiy tillarni o‘qitishning ilg‘or tarjibalari | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi 2017-yil | Raxmanova.A.A. |
29. | Ispolzovanie kompyuternыx prezentatsiy na urokax angliyskogo yazыka | Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent 2017, 266-270 betlar | Olimova.SH |
30. | Comparative clinical study of effectiveness of “Meriting” in patients with chronic supportive otitis | Turkish journal of pharmaceutical sciences , 2016 | Olimova.SH |
31. | The concept of Bloom’s taxonomy and its usage in teaching foreign languages. | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” Yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017, 17-21 betlar | Abdullayeva.A.E. |
32. | Enhancing critical thinking skills in ESP classroom | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” Yosh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent, 2017, 21-25 betlar | Abdullayeva.A.E. |
33. | Effective teaching: communicative cognitive and metacognitive strategies in teaching ESP learners | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016, 15-18 betlar | Abdullayeva.A.E. |
34. | The importance of based approach in teaching ESP classes | Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii «Auezovskiy chtenie-15 tretya modernizatsiya Kazaxstana-novыe konsepsii i sovremennыe resheniya» str.323-327,2017 yil,Qozog‘iston, CHimkent | Shirinova.F.A
Maksudova.X |
35.
|
What teaching style is the best for student centric classroom | “Sovremennie sotsialno-ekonomicheskie protsessi: problemi, zakonomernosti, perspektivi” Sbornik statey II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensiy Rossiya, Penza, may 2017 goda. Str. | Shirinova.F.
Musayeva.G.I. |
36. | Higher education and teacher asocial forces | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016,125-128 betlar | Shirinova.F. |
37. | Different learning styles of English | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 348-349 betlar | Shirinova.F. |
38.
|
“Effective teaching vocabulary by interactive methods” | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016, 80-81bb. | Maksudova X. |
39. | “ The importance of concept English language teaching pharmacists” | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017, 233-237 bb. | Maksudova X.
Shirinova F. |
40. | Improving vocabulary of ESP students | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari, Toshkent , 2016 ,323-324 bb. | Maksudova X. |
41. | “Some issues of ESP teaching” | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari, Toshkent , 2016 ,321-323 bb. | Maksudova X. |
42. | “The role grammar to improve” spoken English | “Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi” O‘zbekiston davlat sa’nat va madaniyat insituti , Toshkent,2016, 197-200 betlar | Musayeva.G.I. |
43. | “The teaching foreign languages” | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016,100-102 betlar | Musayeva.G.I. |
44. | “Importance leering English in Education” | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017, 241-246 betlar | Musayeva.G.I. |
45. | “Tilning axamiyati” | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017, 328-332 betlar | Musayeva.G.I. |
46. | Tongue twisters that will improve your students pronunciation | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 329-330 betlar | Musayeva.G.I. |
47. | Chet tillarini innovatsion texnologiyalar vositasida o‘qitishning samarali metodlari | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017,173-178 betlar | Karimova.N.S. |
48. | Some suggestions for learning English easy and fast | O‘zbekiston Respublika mudofa vazirligi Toshkent umumqo‘shin qo‘mondarlik Bilim YUrti “Xarbiy sohada (yo‘nalishlari) chet tilini o‘qitish muamolari va ularini hal etish imkoniyatlari” Toshkent, 2017 yili, mart | Karimova.N.S. |
49. | Using effective strategies for reading comprehension | “Zamonaviy pedagogika faning dolzarb muamolari” (ilmiy maqola to‘plami) O‘zMU 2017 yil, | Karimova.N.S. |
50. | Now to comprehend what you read | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 292-294 betlar | Karimova.N.S. |
51. | Several Reasons why gems can improve students spearing proficiency | “Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi” O‘zbekiston davlat sa’nat va madaniyat insituti , Toshkent,2016, 194-197 betlar | Matyusupova.SH.B. |
52. | Ta’limdagi an’anaviy va noan’anaviy interaktiv metodlarning qiyosiy xususiyatlari | “CHet tillarini o‘qitish sohasida jahon ilm-fan nazariyasi va amaliyotining integratsiyasi” O‘zDJTU, 2017 yil, 137-139bb. | Matyusupova.SH.B. |
53. | Ispolzavanie innovatsionnыx texnalogiy na urokax russkogo yazыka | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 348-349betlar | ShukurdjanovaS.A. |
54. | Ispolzovanie multimediynыx sredstv i pravilnoe ponimanie soderjaniya tekstov po ekonomike pri samostoetelnom chtenii inoezыchnogo materiala | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Nizomiy nomidagi TDPU ,2016, 170-173 betlar | ShukurdjanovaS.A. |
55. | Rechevoy etiket-sotsialno vajnыy komponent yazыkovoy kompetensii | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, . 326-327 bb. | Maxmudbekova.G.U.
Sagdullayeva D.I. |
56. | Lichnosti i osobennosti eyo sotsnalizatsii | “Filologiya masalalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallar to‘plami. O‘zMU, Toshkent , 2017, 230-233 betlar | Maxmudbekova.G.U. |
57. | Some common challenges of translation | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” Toshkent. TDPU 2016yil. 133-136 betlar | Temirova.SH.R. |
58. | “Some simple tips for organizing succesful lesson” | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” Toshkent. TDPU 2016yil. 136-139 betlar | Temirova.SH.R. |
59. | “Terminologiya va tarjima muammolari” | “Davlat tili: Muammo va echimlar” V son maqolalar to‘plami. Toshkent. TDYU 2016yil, 116-117betlar | Temirova.SH.R. |
60. | “How to organize productive lesson” | “Zamonaviy pedagogikaning dolzarb masalalari” Ilmiy maqolalar to‘plami. Toshkent O‘zMU 2016yil. 141-143betlar | Temirova.SH.R. |
61. | Sovremennыe sotsialno-ekonomicheskie protsessы: problemы, zakonomernosti, perspektivы | “Sovremennыe sotsialno-ekonomicheskie protsessы: problemы, zakonomernosti, perspektivы ” Sbornik statey II mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensiy Rossiya, Penza, may 2017 goda. Str.56-58 | TemirovaSH.R. |
62. | Some ways of teaching to speak and communicate by using games | “Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi” O‘zbekiston davlat sa’nat va madaniyat insituti , Toshkent,2016, 191-194 betlar | Axmedova.T.B. |
63. | Badiy tarjimada leksik bo‘limlarini tashkil etish | Alisher Navoiy Nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti, 2017 yil 18 may | Axmedova.T.B. |
64. | Strategies for developing listening skills | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil, 307-308 betlar | Axmedova.T.B. |
65. | “Ways of improving communicative competence in ESP classes” | “Farmatsiyada fan, ta’lim va ishlab chiqarishning dolzarb masallari”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (xalqaro ishtirokida) materiallari.T.,2016 yil,319-320 betlar | Kenjayeva.N.D. |
66. | “Communicative competence by developing” Speaking activists | “XXI asr o‘qituvchisi va talabasi” Toshkent. TDPU 2016yil, 67-69 betlar | Kenjayeva.N.D. |
67. | Natsionalno- kulturnыe xarakteristiki frazeologichiskix edinits zaimstvovannыx s drugix yazыkov | “Filologiya masalari yoshlar talqinida” YOsh olimlar ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent. O‘zMU. 2017yil, 182-188 betlar | Kenjayeva.N.D. |
68. | Vzaimodeystvie yazыka i kulturы | “Davlat tili: Muammo va echimlar” V son maqolalar to‘plami. Toshkent. TDYU 2016yil, | Kenjayeva.N.D. |
Tillar kafedrasining 2018 yil uchun ilmiy ishlari rejasi
Mavzu: Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish orqali xorijiy tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish omillari va vositalari.
Maqsad: farmatsevt mutaxassislarni xorijiy til darslarida nutqiy qobiliyatlarni shakllantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydanish, pedagogik kompetensiyani rivojlantirishda ushbu texnologiyalarning roli va ahamiyatini o‘rganish.
Bo‘lajak farmatsevt mutaxassislarning lingvistik kompetensiyalarini mutaxassislik fanlarini ingliz tilida tashkil etish orqali rivojlantirishga yo‘naltirilgan maqsadli ishlarni amalga oshirish. Bunda mutaxassisligi ingliz tilida o‘tiladigan fan o‘qituvchilarining ingliz tilidagi lingvistik kompetensiyalarini oshirish orqali talabalarning xorijiy tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini orttirish va shu orqali kasbiy etuklik darajasini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.
1-bosqich. Xorijiy til darslarida talabalarning kommunikativ va farmatsevtik terminologiyalarni o‘zlashtirish bilm, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Bunda professor-o‘qituvchilarining pedagogik kompetensiyaga e’tibor qaratish.
2-bosqich.Mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘tadigan fan o‘qituvchilarining ingliz tilidagi lingvistik kompetensiyalarini oshirish maqsadida maxsus kurslar tashkil etish.
3-bosqich. Mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘tadigan fan o‘qituvchilarining ingliz tilida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish, taxlil qilish va lingvistik kompetensiyalarni oshirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish.
4-bosqich. Mavjud muammolarni aniqlash va yangi 2018-2019 o‘quv yiliga ularni echimi bo‘yicha rahbariyatga takliflar tayyorlash.
Amalga oshiriladigan ishlar:
- Kafedramiz professor o‘qituvchilaridan S.M.To‘ychiyeva, A.E.Abdullayeva, M.B.Umarova va boshqalar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-qarori ijrosni ta’minlash va oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishda o‘qituvchining innovatsion faoliyatini rivojlantirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etishni rejalashtirishgan. 2017-yil 3-4 choraklari: 1. Akademik litseyda Ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish; 2.Maqolalar va uslubiy qo‘llanmalar chop etish. 3.Chet el va boshqa OTMlar bilan o‘zaro xamkorlik aloqalarini o‘rnatish. 2018-yil 1-2 choragi: rus tili fanidan uslubiy qo‘llanma chop etish rejasi ishlab chiqilgan.
- Kafedraning ingliz tili katta o‘qituvchilari M.B.Umarova, A.Abdullayeva hamda kafedra ingliz tili o‘qituvchisi N.S.Karimova bilan birgalikda Farmatsevtika instituti talabalari uchun ingliz tili darsligi yaratishni rejalashtirgan bo‘lib, bu darslik farmatsevtika instituti talabalarining ingliz tilidagi malaka va ko‘nikmalaripi mustahkamlashga yordam beradi va farmatsiyaga oid atamalarni ingliz tilida o‘rganish imkoniyatini beradi. X.Maqsudova va kafedra katta o‘qituvchisi A.E.Abdullayeva bilan birgalikda mutaxassisligi ingliz tilida dars o‘tiladigan guruh talabalari uchun amaliy ingliz tilidan o‘quv- uslubiy qo‘llanma yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu qo‘llanmada og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun matnlar, matn bo‘yicha savollar, leksik birliklar,mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar berilgan bo‘lib, ingliz tilini o‘rganishda 4 ta ko‘nikmani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari kafedra mudiri S.M.To‘ychiyeva “Sbornik tekstov o lekarstvennix rasteniyax dlya samostoyatelnogo chteniya po russkomu yaziku“ nomli uslubiy kullanma yaratishni
Kafedra ingliz tili kata o‘qituvchisi A.E.Abdullayeva “Effective ways of project work” mavzusida TDSPI ilmiy-amaliy seminar tashkil etish va ishtirok etishni rejalashtirgan. Bu mavzu nofilologik oliy ta’lim muassasasida til o‘rgatishning samarali usullari xaqida yoritiladi va Akademik litsey o‘qituvchilari uchun amaliy seminar tashkil etish va ishtirok etish va bir nechta maqola chop etish rejalashtirilgan.
Kafedra ingliz tili o‘qituvchisi N.S.Karimova “Different reading techniques and using them effectively” mavzusida maqola chop etish rejalashtirgan.
Kafedra ingliz tili o‘qituvchisi X.F.Maqsudova “Purposes of constructive classes in education system issues and challenges of teaching English for specific purposes.” nomli maqolasini UzMU ilmiy jurnali Axborotnomasida chop etish rejalashtirgan.
Kafedra ingliz tili o‘qituvchisi G.Musayeva va kafedra katta o‘qituvchisi M.Taryanikova bilan birgalikda bakalavr bosqichi talabalari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratishni va chop etigni rejalagshtirishgan. Mazkur qo‘llanma talabalarning og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan.
Kafedraning har bir professor-o‘qituvchisi 2017-2018 o‘quv yilida OAK e’tirof etgan jurnallarda maqolalar nashr ettirishadi.
KAFEDRADAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR HAQIDA MA’LUMOT
2016-2017 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul o‘qituvchi N.S.Karimova institutda joriy yilning 4-10 sentyabr kunlari “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etuvchi kafedra o‘qituvchilar tarkibi xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, “Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘tiladigan ma’ruzalarda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2014-yil 14-15 may kunlari Samarqandda “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning bugungi sivilizatsiyadagi roli va ahamiyati” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” hamda “Ona yurtimiz baxti, iqboli va buyuk kelajak yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodat” nomli kitoblarida olg‘a surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qilishga qaratilishi haqida ma’lumot berdi.
2016-yil 4-sentyabr kuni soat: 08-30 da Toshkent farmatsevtika institutida O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining vafoti munosabati bilan Xotira darslari bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori A.N.Yunusxo‘jaev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan tadbirning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidentining yurtimiz mustaqilligiga qo‘shgan ulkan hissasi, hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan tinimsiz xizmatlari, yurtimiz va xalqimiz yo‘lidagi zahmatli mehnatlari, bugungi kundagi bunyodkorlik ishlari va tinchlikning qadriga etish, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularning shakllanishi, fidokorlik singari fazilatlarni qaror toptirish lozimligi xususida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari, rahbar xodimlar so‘zga chiqib, O‘zbekistonning yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida turli sohalarda qo‘lga kiritgan yutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, bunyodkorlik ishlari, tub islohatlarning mohiyati va shu jabhalarda O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidentining qo‘shgan ulkan hissalari haqida ma’lumotlar berishdi. Tadbirda barcha 1-kurs talabalari hamda rahbar xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Institutda joriy yilning 4-sentyabr Xotira darslari o‘tkazilgandan so‘ng 5-10 sentyabr kunlari “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etuvchi professor-o‘qituvchilar tarkibi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
“Mustaqillik darslari” mashg‘ulotlarini O‘zbekistonning yigirma besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida turli sohalarda qo‘lga kiritgan yutuq va natijalari, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, tub islohatlarning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga etkazish, joylarda tashkiliy-amaliy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan Uslubiy qo‘llanma asosida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilab olindi.
“Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘tiladigan ma’ruzalarda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasining 1- Prezidenti I.A.Karimovning 2014-yil 14-15 may kunlari Samarqandda “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning bugungi sivilizatsiyadagi roli va ahamiyati” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” hamda “Ona yurtimiz baxti, iqboli va buyuk kelajak yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodat” nomli kitoblarida olg‘a surilgan g‘oyalarni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratiladi va talabalar o‘rtasida ushbu mavzular keng targ‘ib etildi.
“Mustaqillik darslari” va “Ma’naviyat soatlari”da o‘tiladigan ma’ruzalarda “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik” mavzusi talabalar o‘rtasida keng yoritib berildi va ular o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllantirilishiga erishildi.
Kafedradagi barcha ustoz-murabbiylar o‘z murabbiylik guruhidagi va boshqa talabalarga ham ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarning mazmun mohiyatini o‘z vaqtida axborot soatlari davomida etkazib borishmoqda. Bu ma’lumotlar talabalr bilan muhokama qilinib ularning mazmuni kengroq yoritilib, har bir talaba bu qaror va farmonlarni to‘g‘ri tushunib olishlari lozimligi aytib o‘tildi.
Tillar kafedrasi ustoz-murabbiylari murabbiylik guruhi talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimovning asarlari (“Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxti, iqboli va buyuk kelajak yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodat” va b.), nutqlari, ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim sohasidagi bunyodkorlik ishlari haqida suhbatlashishdi. Bu kitoblar kutubxonadan olinib har bir talaba o‘qib chiqishi va ularning mazmun – mohiyatini yaxshiroq anglab olishi kerakligi ta’kidlandi.
2016-yil 28-sentyabr kuni institut miqyosida o‘tkazilgan “Ma’naviyat kuni” tadbiri doirasida akademik guruhlarida “Mustaqillik mening taqdirimda”, “Yoshlar giyohvandlik, jinoyatchilik va terrorizm qarshi” mavzusida, “Sport -tinchlik elchisi”, “Diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik “ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq mafkuraviy tahdidlarnnig oldini olish” mavzusida va “Milliy va diniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” kabi mavzularda davra suhbatlari tashkil qilindi.
Shu bilan birga kafedraning barcha ustoz-murabbiylari o‘zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda “Ma’naviyat kuni” munosabati bilan yurtimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi, jumladan, Mustaqillik maydoniga, Amir Temur xiyoboniga, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyiga, ”Ko‘kaldosh” madrasisiga. Mustaqillik yillarida qurilgan inshootlarni ko‘rib madaniy hordiq chiqarishdi.
29-sentyabr kuni „1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuni“ munosabati bilan bayram tadbiri hamda 1-kursga qabul qilingan talabalarning “Talabalar qasamyodi” bayrami keng nishonlandi. Talabalar tadbirda faol ishtirok etdilar. Tadbir so‘ngida konsert tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari yaxshi va mazmunli hordiq chiqardilar.
Tillar kafedrasining barcha ustozlari oktyabr oyi davomida murabbiylik guruhi, hamda boshqa talabalar bilan ham “Yo‘l qoidasi – umr foydasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. Suhbat jarayonida yo‘l qoidalariga rioya qilishning ahamiyati va muhim jihatlarini aytib talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borishdi, yo‘lda sodir bo‘layotgan mudxish voqealar to‘grisida, voqea sababchilari, bu voqealarni keltirib chiqaruvchi omillarni muhokama qilishdi.
Tillar kafedrasi Ma’naviy – ma’rifiy ishlariga mas’ul o‘qituvchi N.S.Karimova Institutda talaba-qizlarni sharm-hayo, ibo, iffat singari o‘zbekona odob-axloq qoidalari asosida tarbiyalashning ahamiyatini keng targ‘ib qilish, muomala, kiyinish, yurish-turish borasida chetdan kirib kelayotgan, milliy qadriyatlarimizga butkul yot bo‘lgan “Madaniyat”larning talaba-qizlar orasida tarqalishiga qarshi samarali targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish haqida gapirib o‘tdi. Har bir ustoz – murabbiy bu mavzu yuzasidan murabbiylik guruhi talabalari bilan davra suhbati o‘tkazishi, tushuntirish ishlari olib borishi kerakligi aytildi.
Kafedra o‘qiyuvchisi Temirova SH.R. Institut talabalari o‘rtasida yot ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish, erkin fikrlaydigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega avlodni tarbiyalashga ahamiyat berish va past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan asrash maqsadida internet tarmog‘ida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligini aytib o‘tdi. Har bir o‘tkazilayotgan suhbatlar, targ‘ibot ishlari guruh bayonnomalarida aks ettirilishi kerakligini ta’kidladi.
17.10.2016 kuni Tillar kafedrasi tashabbusi bilan institut faollar zalida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Bu kechaga elimiz tanigan shoir Muhammad Ismoil, notiq Rahimboy Jumaniyozov va xonanda A’loxon Raximovalar taklif etildilar. Kecha juda mazmunli tashkil etildi. Unda so‘z ustasi, notiq Rahimboy Jumaniyozov o‘zining ajoyib fikrlari, ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Undan so‘ng shoir Muhammad Ismoil so‘zga chiqdi va she’rlar o‘qidi. Institut talabalari ham o‘zlarining she’rlari, aytishuvlari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir so‘nggida esa xonanda A’loxon Raximova o‘zining diltortar ashulalari bilan tadbir qatnashchilarini xushnud etdi. Tadbir so‘nggida shoir Muhammad Sodiq o‘z muxlislariga dastxat ulashdi.
2016-yil 19-oktabr kuni Tillar kafedrasi tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Instituti bilan hamkorlikda ilmiy amaliy anjuman tashkil etildi. Bu anjumanda Tillar kafedrasining barcha ustozlari, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutining Xorijiy tillar kafedrasining barcha ustozlari, “Rus sotrudnichestvo” dan vakil hamda, bir qator faol talabalar ishtirok etishdi. Anjumanda Abdullayeva A.A., Rahimova SH.B., “Rus sotrudnichestvo” dan tashrif buyurgan vakil va institute, litsey talabalari rus, ingliz, nemis tillarida ma’ruzalar qilshdi. Ilmiy-amaliy anjuman mazmunli tashkil etildi. Tadbir so‘ngida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor anjuman qatnashchilarini sertifikatlar bilan taqdirladi.
2016-yil 21-oktabr kuni Institut Talabalar Turar Joyida Tillar kafedrasi tashabbusi bilan “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida adabiy – badiiy kecha o‘tkazildi. Bu badiiy kechada Tillar kafedrasining barcha o‘qituvchilari, Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari va talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda Ona tilimizning ahamiyati, bugungi kunda unga bildirilayotgan ulkan munosabat haqida gapirib o‘tdi. So‘ng, Ona tiliga bag‘ishlangan bu tadbirda talabalar o‘zlarining she’rlari, monologlari va sahna ko‘rinishlari bilan faol ishtirok etishdi. Tadbir mazmunli tashkil etildi va qatnashchilar madaniy hordiq chiqarishdi.
2017-2018 o’quv yilida qilinganma’naviy-ma’rifiy ishlar
Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Tillar kafedrasi hamkorlikda “Konstitutsiya va oilaning huquqiy asoslari” mavzusidagi amaliy seminar hisoboti
- ning 2 dekabrida Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Tillar kafedrasi hamkorlikda “Konstitutsiya va oilaning huquqiy asoslari” mavzusidagi amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Toshkent viloyati psixologlar assotsiatsiyasining raisi Shoira Isxakova ishtirok etdi.
Tadbirni Toshkent farmatsevtika instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Ya.Saidova ochib berdi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 25 yilligini butun respublikasizda nishonlanayotganligi, bosh qomusimizda har bir fuqaroning huquqlari va burchlari belgilanganligini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir qatorda Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oila, ona va bolalikni muxofaza qilishga doir farmon va farmoyishlari, Davlat dasturlari to‘g‘risidagi qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilinganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Psixolog SH.Isxakova “KONSTITUTSIYA VA OILA MUNOSABATLARI” mavzusida nutq so‘zladi. U oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish xuquqiga ega ekanligini, nikoh tomonlarning ihtiyoriy roziligi va teng huquqligigiga asoslanishini, oilaning mustahkamligi uning barcha funksiyalarni to‘g‘ri amalga oshirishiga bog‘liqligini, oilada er va xotin, qaynona va kelin, ota-ona va farzand munosabatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi. Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburliklari, davlat va jamiyat etim bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarini rag‘batlantirilishi kabi masalalar ham yorqin misollar bilan ifodalandi.
Suhbatni Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva davom ettirib, u farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qati nazar, qonun oldida tengliklarini, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishini, talabalarning odobi, kiyinish madaniyati, talabalarning huquq va burchlari haqida o‘z fikrlarini bayon etdi. Seminar talabalarda katta qiziqishni uyg‘otdi. Seminarda 70 nafar talaba ishtirok etdi.
Mahalla bilan hamkorlikda “Yosh kitobxonlar xonasi”ni tashkil etish
2017-yil 20-dekabr kuni “Farovon” mahallasida institut Axborot-resurs markazi, Tillar kafedrasi hamda xotin-qizlar qo‘mitasi faollari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Masharipov mahallada kutubxona tashkil etish uchun alohida xona ajratilganligi, hozirgi kunda 2.000 dan ziyod adabiyotlar mavjudlini aytib o‘tdi. Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva kafedra xodimlar mahallaga zarur yordam, kutubxonni jihozlash bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa institut rahbariyatiga murojaat etish mumkinligini ta’kidladi. Institut ARM rahbari Xolmuratova F., xotin-qizlar qo‘mitasi faoli U.M.Yunusovalar taklifi bilan mahalla kutubxonasida “Yosh kitobxonlar xonasi”ni tashkil etish haqida kelishib olindi.
Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilaridan S.M.To‘ychiyeva O‘zTVning “Maxalla” “Oilaviy”, U.Yunusova “Yoshlar” kanalida yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni mavzusida chiqishlar qilishgan bo‘lsa, S.M.To‘ychiyeva, N.Suyundikov va N.Ashurovalar ilmiy-amaliy konferensiyalar, ommaviy axborot, gazeta va jurnallarda talaba yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha maqolalarni nashr ettirdilar.
Toshkent farmatsevtika insituti Tillar kafedrasi tomonidan talaba yoshlar orasida kitobxonlik va qiroatxonlik madaniyati oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar
Rejasi
№ | Tadbir nomi | Muddati | Mas’ullar |
11. | Guruh murabbiylari va talabalar ongiga kitob o‘qish va qiroatxonlikkaga bo‘lgan ishtiyoqni singdirish | Yil davomida | Ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim, ARM, “MurabbiyKengashi” |
22. | “Kitob va mualliflar kuni”ga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ARM va TTJida yosh ijodkorlar bilan turkum uchrashuvlarni tashkil etish | 2018 yil aprel-may | ARM, Ijtimoiy fanlar va Tillar kafedrasi |
33. | “Kitob mening hayotimda”, “Kitobim-oftobim”, “Kitob-ma’naviy xazinam” mavzularida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash | 2018 yil aprel-may | Ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim, Tillar kafedrasi
Kasaba uyushmasi |
44. | Ijodkor talabalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tillar kafedrasi nashri “Pharm-erudite” talabalar jurnalida ularning ijod namunalarini chop etib borish | Har oyda ikki marotaba | Tillar kafedrasi
“Pharm-erudite” talabalar jurnali |
55. | “SHarq”, “O‘qituvchi”, “Ma’naviyat” nashriyotlarda nashr etilayotgan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish. Institut “Ma’naviyat soat”ida yangi badiiy adabiyotlar nashri bilan tanishtirib borish | Har oyda | ARM, Ijtimoiy fanlar, “Murabbiylar Kengashi” |
66. | “Kitob marafoni”ni tashkil etish va institut ARMini talabalar tashabbusi bilan badiiy adabiyotlar bilan boyitish. | 2018 yil may oyi | Ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim, ARM, “MurabbiyKengashi” |
87. | “Kitobxonlar bayrami” ma’naviy-ma’rifiy tadbirini ARMda doimiy tashkil etish hamda taniqli yozuvchilarni ta’minlash | Har oyda bir marotaba | Ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim va ARM |
“ Eng faol kitobxon guruh” tanlovi
2017-yil 19-oktyabr kuni Tillar kafedrasi Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda institutning Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakultetlari talabalari orasida “Eng faol kitobxon guruh” tanlovini o‘tkazdi. Tanlov uch shart asosida amalga oshirildi. Guruhlar taqdimoti, “Men sevgan asar muallifi”, “Men sergan asardan parchalar” shartlarida barcha guruhlar o‘z bilimdonligi, faolligi va kitobga bo‘lgan muhabbatini namoyon qildi. Shiddatli kurash negizida holiblar aniqlandi. Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari “Eng faol kitobxon guruh” deb hakamlar tomonidan e’tirof etildi. Barcha ishtirokchilarga institut rahbariyati va Yoshlar Ittifoqining “Tashakkurnoma”lari va estalik sovg‘alari berildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari nafaqat yoshlarga ta’lim berish, balki ularning ma’naviy shakllanishida ham fidokorona xizmat qilmoqdalar. Har yili kafedra professor-o‘qituvchilar tashabbusi bilan institut miqiyosida “Til bayrami”, A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludi, “Navro‘z”, “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Bu yosh farmatsevt mutaxassislarni har tomonlama etuk shaxs bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyatga egadir.
KAFEDRADAGI QULAYLIKLAR VA AKT VOSITALARI HAQIDA QISKACHA MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875-PQ qarori asosida kafedrada institut rahbariyati tashabbusi bilan 3 ta to‘liq kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar tashkil etildi. Talabalar uchun lingafon xonalarida xorijiy tillarni o‘rganish uchun hamma imkoniyatlar yaratilgan.