16.01.2021, 15:12 Tadbirlar 847

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 2 dekabrdagi 87-02-664- sonli xatida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 2021­yilning 14-yanvarida Toshkent shahri Mirobod tumani 83-sonli maktabda «14-yanvarь – Vatan himoyachilari va Oʼzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topgan kun» munosabati bilan isteʼfodagi podpolkovnik Аlibekov Marat Kazakbaevich hamda Toshkent farmatsevtika instituti Biotexnologiya kafedrasi dotsentlari X.T. Zoirova, M.R. Zakirova, R.B. Norboboeva va kat.oʼqituvchi Z.X. Yunusovalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda maktab oʼqituvchilari va yuqori sinf oʼquvchilari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuvda Vatanimiz osmoni doimo musaffo boʼlishi uchun har doimdegidek oʼz kuch gʼayratini ayamayotgan harbiylarimiz haqida gapirildi.
Ushbu uchrashuvdan maqsad maktablar va institutlar oʼrtasida uzviy aloqa oʼrnatish, bitiruvchilarni kasbga yoʼnaltirishda yanada kengroq imkoniyatlar yaratishdir.