Institut talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “G‘alaba muzeyi”ga tashrif uyushtirildi

29.12.2020, 16:50 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1079

“Toshkent farmatsevtika institutida 2020-2021  o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishda amalga oshiriladigan  ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar  rejasi”ning 37-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hamda talabalarning qishki ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan “Ona yurtim maskanlari: urf-odatlar, udumlar va qadriyatlar!” mavzusida talabalar milliy sayli tashkil etildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari talabalar bilan “G‘alaba muzeyi”ga tashrif buyurdi. Sayohat davomida talabalar o‘rtasida Vatan uchun jon fido bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlarining mardonavor kurashlari, Vatan, ona zamin uchun fidokorona mehnatlari, jasoratlari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. Tashkil etilgan sayohat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi va berilgan savollarga soxa mutaxassislari javob berishdi. Tadbir barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.

     

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Institut matbuot kotibi N.L.Usmnanova