Yosh avlod kamoloti – taraqqiyot kafolati

25.12.2020, 15:32 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1237

Toshkent farmatsevtika instituti  Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan maktablar bilan hamkorlik o’rnatib, hozirda otaliqqa olingan maktablarda institut professor-o’qituvchilari tomonidan dars jarayonlari tashkil etib kelinmoqda. Institut professor-o’qituvchilari tomonidan  maktablarda o’tkazilayotgan darslarda Toshkent farmastsevtika instituti rektori K.S.Rizayev  qatnashib, jarayonni o’z nazoratiga olgan.

Shu kabi darslar 2020-yil 24-dekabr kuni  Тоksikologik  kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda аssistentlari tomonidan Yakkasaroy tumanidagi   26-sonli umumta’lim maktabida olib borildi. Navbatdagi tashrifda Тоksikologik  kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari 26-sonli umumta’lim maktabning 10-sinf  o’quvchilariga  “Giyohvand moddalarni  qo`llashning  asoratlari” mavzusida mahorat darslarini o’tdilar.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova