Toksikologik kimyo kafedrasi xodimlarining Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan 33-sonli mehribonlik uyiga tashrifi

25.12.2020, 14:30 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1258

O‘zbek xalqida azal-azaldan mexr-oqibat, halolllik, poklik, adolat, insof, Vatanni sevish, elni e’zozlash, mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, sahiylik, xayr-ehson, mehmondo‘stlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanib kelingan. Qolaversa muhtojlarga yordam qo’lini uzatish ham bu bizning xalqimizdagi eng ulug’ fazilatlardan biridir. Mana shunday hayrli ishlardan yana biri Toshkent farmatsevtika institutining   Toksikologik kimyo kafedrasi tomonidan amalga oshirildi.

2020-yil  Toshkent farmatsevtika instituti rahbar  hodimlari  hamda  Toksikologik kimyo kafedrasi assistentlari  Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan 33-sonli mehribonlik uyiga  tashrif  buyurdilar. Tashrif chog’ida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kirib kelayotgan yangi 2021-yil bilan qutlab, bolajonlarga bayram sovg’alarini ulashdilar.

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova