“Tozalik, orastalik o‘zbek xalqiga xos fazilat”

22.12.2020, 17:47 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1343

“Toshkent farmasevtika institutining talabalar turar joylarida 2020-2021 o‘quv yili davomida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2020-yil 22-dekabr kuni institut Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida “Tozalik, orastalik o‘zbek xalqiga xos fazilat” va “Talaba-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” mavzularida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, bo‘lim uslubchisi N.E.Yusupova, 1-sonli Talabalar turar joyi komendanti M.U.Usmanxadjaeva ishtirok etdi. Suhbat jarayonida talaba-qizlar o‘rtasida ozodalik, sarmojon-sarishtalik, gigena qoidalari hamda talabalar turar joyi Nizom tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalar turar joyi to‘g‘risidagi Nizomning ma’zmun-mohiyati talabalar o‘rtasida keng targ‘ib etildi.

    

Institut matbuot xizmati