“Nofilologik  OTMlarda chet tillarini o’qitishning zamonaviy yondashuvlari va muammolar” mavzusida online tarzda xalqaro  anjuman o’tkazildi

22.12.2020, 15:45 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1251

2020-yil 19-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Noilologik OTMlarda chet tillarini o’qitishning zamonaviy yondashuvlari va muammolar” mavzusida xalqaro onlayn konferentsiya tashkil etildi. Xalqaro onlayn-konferentsiyaning maqsadi ta’lim sifatini oshirishga yordam beradigan ba’zi bir innovatsion usullar, yondashuvlar va metodlar orqali o’quv jarayoniga konstruktiv hissa qo’shishdan iborat.

Xalqaro online anjumanda AQSh, Kanada, Hindistondan xalqaro ekspertlar, xalqaro qo’shma ta’lim muassasalari filiallari o’qituvchilari, shuningdek Toshkent farmatsevtika instituti o’qituvchilari va magistrlari ishtirok etishdi. AQSh mutaxassisi PHD  fanlar doktori D. Xosilova, Kanadadan PHD doktori filologiya fanlari doktori N. Isamuxamedova va Hindiston doktor Pulak Avinashining chiqishlari oliy o’quv yurtlarida chet tilini o’qitishning dolzarb muammolarini hal qilishga qaratildi. Konferentsiyada O’zbekiston Respublikasining 15 ta oliy o’quv yurtlarining chet tili o’qituvchilari so’zga chiqdilar.

     

 

Institut matbuot xizmati