Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan o‘quvchilar o‘rtasida “Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ta’lim muassasasining roli” mavzusida tadbir tashkil etildi

21.12.2020, 15:37 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1269

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 86-sonli bayonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Musaev tomonidan 07/1-2472-son bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvatlash uchun biriktiriladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida    2020 -yil 18-dekabr kuni institut Biotexnologiya kafedrasi tashabbusi bilan Mirobod tumanidagi 83-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Kasbim – faxrim mening”, “Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ta’lim muassasasining roli” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda maktab direktori Piryazova Marxabo Bekmetovna, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Elmurodova Lobar Orziqulovnv, O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘ribosari va biologiya o‘qituvchisi Kostina Olga Aleksandrovna hamda 10, 11-sinf o‘quvchilari, institut  “Biotexnologiya” kafedrasi mudiri Sh.N.Madraximov, kafedra o‘qituvchilari R.B.Norboboeva, F.X.To‘xtaevlar ishtirok etdi. Tadbir jarayonida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning qiziqishlari bilan o‘rtoqlashish, ilm barcha ezgu amallarning bosh omili ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

    

Institut matbuot xizmati