“Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i”

21.12.2020, 14:53 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1012

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yilning 31-dekabr kunidagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida institut Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabalari o‘rtasida “Teatr – ma’naviyat o‘chog‘i” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir jarayonida talabalar O‘zbek drama teatriga tashrif buyurib, Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” nomli spektakli namoyish etildi. Teatr jamoasi tomonidan namoyish etilgan mazkur spektakl talabalarda va professor-o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

    

Institut matbuot xizmati