Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyga sayohatlar uyushtirildi

18.12.2020, 15:19 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1103

 Institut miqyosida tashkil etilgan «Ma’naviyat kuni» tadbiri doirasida Farmatsiya fakulteti 5-bosqich 504-A guruh talabalari o‘rtasida guruh murabbiysi Dori turlari texnologiyasi kafedrasi assistenti N.X.Tashpulatova “Ajdodlar xotirasi yodimizda” shiori ostida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida davra suhbat tashkil etdi. Tashkil etilgan targ‘ibot ishlarida talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish, targ‘ib etish yuzasidan ma’lumotlar berildi. Suhbat so‘ngida Farmatsiya fakulteti 504-A guruh talabalari va guruh murabbiyi N.X.Tashpulatova hamkorligida Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat  muzeyga tashrif buyurdilar.

     

Institut matbuot xizmati