Inson huquqlarini ta’minlash — bosh maqsadimiz

16.12.2020, 16:55 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 973

“10-dekabr Xalaqaro inson huquqlari kuni” munosabati bilan Toshkent farmatsevtika institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan talabalar o’rtasida targ’ibot va tashviqot ishlari amalga oshirildi. Tabdirda ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismailov talabalarga inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31- oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzilgani haqida aytdi va mazkur farmonda inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yilgani haqida ham to’xtalib o’tdi. Shuningdek mavzuga oid yana ko’plab ma’lumotlar talabalarga taqdim etildi.

      

 

Institut matbuot xizmati