Ilmdan boshqa najot yo‘q

11.12.2020, 15:31 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1021

Toshkent farmaеsevtika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 319 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbariyati o‘rtasida  Kimyo, Biologiya, Matematika, Informatika, Fizika, Ingliz tili fanlaridan o‘quv-uslubiy, ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot hamda  kadrlarni maqsadli tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik ishlarini maqsadli tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.  Shuningdek,  Yakkasaroy tumanidagi 319 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Ilmdan boshqa najot yo‘q!”, “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari” mavzusida targ‘ibot ishlari olib borildi. Mazkur tadbirda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva, kafedra o‘qituvchilari S.A.Shukurdjanova, N.X.Ashurova, U.Yunusovalar ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’lumotlar berishdi.  Kelgusida umumta’lim maktab o‘quvchilariga badiiy, ilmiy kitoblarni sovg‘a qilish rejalashtirildi.

Institut matbuot xizmati