“MADHIYAMIZ – G’URURIMIZ TIMSOLI”

10.12.2020, 15:04 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1148

2020-yil 10-dekabr kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari qatori Toshkent farmatsevtika institutining 30 nafar talabalari hamda Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini M.Pardaeva ishtirok etdi. Tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligining mutasaddi rahbar xodimlari, OTMlari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Tadbirda bayram munosabati bilan kuy-qo‘shiqlar, vatanparvarlik mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Institut matbuot xizmati