O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bugungi darslar ham madhiyamiz jarangi ostida boshlandi

10.12.2020, 14:17 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1117

1992-yil 10-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risidagi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko’ra, Davlat madhiyasi O’zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam.
Har tongni madhiyamiz sadolari bilan qarshi olganimiz kabi bugungi tong ham Toshkent farmatsevtika institutda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan qarshi olindi. Dars jarayonlari ham O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

                                             Institut matbuot xizmati