Salomatlik tuman boylik

09.12.2020, 15:30 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1107

2020-yil 9-dekabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Ilimdan boshqa najot yo’q”, “Salomatlik tuman boylik” mavzularida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i  N.X.Ashurova kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirda farmokognoziya kafedrasi dotsenti M.Xodjayeva talabalarga mavzu yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar hamda foydali tavsiyalarini berdi. Shuningdek tadbirda farmatsiya fakulteti dekan muovini A.Tagbayev, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi N.Yusupovalar ham ishtiroki etdilar va talabalar tomonidan berilgan savollarga ma’lumotlar berdilar.

 

Institut matbuot xizmati