Toshkent farmatsevtika instituti rektori K.S.Rizayev institut hamda Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi o’rtasida memorandum imzoladi

04.12.2020, 13:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1213

Toshkent  farmatsevtika instituti  hamda Innovatsion  sog‘liqni saqlash Milliy palatasi o’rtasida mamlakatimiz farmatsevtlari ma’lumotini xalqaro normalarga muvofiq darajaga olib chiqish haqida memorandum imzolandi.

Uchrashuv jarayonida Toshkent farmatsevtika instituti  hamda Milliy palataning  kadrlar tayyorlash sohasida juda katta hamkorlik imkoniyatlari mavjud ekanligi ta’kidlandi.

Hamkor  tashkilotlar  rahbarlari farmatsevtlarning klinik protokollar  tayyorlashda ishtirok etishi muhimligini ham muhokama etdilar. Ularni ishlab chiqarish va joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasining vazifalaridan biri sanaladi.

Tomonlar standartlarni takomillashtirish va joriy etish, dori vositalarini va xalqaro sifat standartlarini standartlashtirishdagi ilmiy tadqiqoti borasida ham hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Bunga hamkorlik grantlari va loyihalari, kadrlar tayyorlash va o‘zaro ikki tomon manfaatini nazarda tutuvchi sog‘liqni saqlashning boshqa dolzarb masalalari ham kiradi.

Hamkorlik haqidagi memorandumni imzolash jarayonida tomonlar qisqa muddatda yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan birgalikdagi loyihalar, hamda kelajakda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni o‘z ichiga oluvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Institut matbuot xizmati