Institutda O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining  28 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etildi

03.12.2020, 17:04 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1313

O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining  28 yilligiga bag‘ishlab, Toshkent farmatsevtika instituti  professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida 2020-yil  3-dekabr kuni  “Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri K.Q.Ismoilov kirish so’zi bilan ochib berdi va tadbir mehmonlari bilan tanishtirdi. Tadbir mehmoni Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti  Toshkent  filialining ijtimoiy, gumanitar fanlar kafedrasi, yu.f.n., dotsenti Abzalov Erkin Mexmonovich ishtirok etib,  mavzu yuzasidan institut professor-o‘qituvchilari  va talabalari  o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi .

 Tadbirda jami 150 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

    

    

Institut matbuot xizmati