Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta’lim maktab bilan hamkorlikda

02.12.2020, 17:11 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 957

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2020-yilning 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha” videoselektor majlisida maktab ta’limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilandi.

Shu maqsadda Toshkent farmatsevtika instituti “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi” 328-sonli umumta’lim  maktab bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

2020-yil 2-noyabr kuni Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining o’qituvchilari mazkur maktab o’quvchilari bilan sohaga oid mavzularda dars jarayonlarini olib bordilar. Bundan ko’zlangan asosiy  maqsad yosh avlodni  sifatli bilim olishi va  kelajakda tanlagan sohasining yetuk mutahassisi bo’lishidir.

Institut matbuot xizmati