Hamkorlikka olingan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan institut rahbariyati yig’lish o’tkazdi

02.12.2020, 16:24 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1135

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida 2020-yilning 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha” videoselektor majlisida maktab ta’limini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi, ustozlarga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish jamiyatimizda oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligi belgilandi. Shu maqsadda institutga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va amaliy ishlarni olib borish samaradorligini yanada oshirish maqsadida qator ishlar va chora- tadbirlar tashkil etilmoqda. 2020-yil 2-dekabr kuni mazkur mavzu yuzasidan institut rahbar xodimlari va institutga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida navbatdagi yig’lish o’tkazildi. Yig’ilishda yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev institutga biriktirilgan Toshkent shahri Mirobod va Yakkasaroy tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga institut professor-o’qituvchilarining doimiy tashrifini amalga oshirsh va undan maqsad maktablarning pedagogik salohiyatini oshirish, o‘qitishning yangi ilg‘or pedagogik usullarini joriy etish, o‘qituvchilarning kimyo fani bo‘yicha malakasini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” yetkazilishini samarali tashkil etish, iqtidorli talabalarni maktablarga ta’lim jarayoniga jalb etish, mahorat darslari, to‘garaklar, o‘quvchilarni kimyo fanidan chuqurlashtirilgan dasturlar asosida o‘qishlarini, ular orasida olimpiada va tanlovlar tashkil etish hamda g‘oliblarning institutda o‘qishlarini tashkil qilish eng asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligini ta’kidlab o’tdi.
O’quv ishlari bo’yicha prorektor Z.A.Yo’ldoshev maktabning pedagogik jamoasi hamda o‘qituvchilari uchun “Rektor soati”, “Kafedra mudiri soati”, ziyoli va nuroniylar, ilm-fan, san’at, sport sohalari vakillari bilan uchrashuvlarni tashkil etish tizimini amaliyotga joriy qilish kerakligi va institutga biriktirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 25 – sanasiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlariga mas’ul o‘qituvchilar amalga oshirgan ishlari to’g’risidagi xisobotlarni o’z vaqtida taqdim etib borishlari zarurligini aytib o’tdi.

Institut matbuot xizmati