“Sudya va yoshlar uchrashuvi”

26.11.2020, 16:59 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1067

2020-yil 26-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institut kichik faollar zalida “Sudya va yoshlar uchrashuvi” mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Mirobod tumani prokuror o’rinbosari Abdullayev Umid Xakimovich, Jinoyat ishlari bo’yicha Mirobod tuman sudi sudiyasi Ilhomjonov Odiljon Ilhomjonovich ishtirok etdi. Soha mutaxassislari talabalarga bugungi kunda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar, ularning yoshlar orasida keng targ’ib etilishi,bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchraydigan mayda huquqbuzarliklar, o‘g‘irlik, talonchilik, narkotik va psixotrop moddalar savdosi va iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelayotgan qonun buzilish hollari, milliy g‘oyamizga yot g‘oyalarga ko‘r-ko‘rona ergashish oqibatida yuzaga kelayotgan salbiy holatlarni tahlili va ularni oldini olish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berdilar. Qolaversa huquqni muhofaza qilish organlari oldida turgan vazifalar va ularni bartaraf etish choralari xususida ham to’xtalib, talaba yoshlarga hayotiy misollar bilan tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Shuningdek tadbir davomida mavzu yuzasidan prezentatsiya namoyish etildi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.

     

Institut matbuot xizmati