“Davlat bayrog‘i – Vatan timsoli” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi natijalari e’lon qilindi

26.11.2020, 13:32 E'lonlar, Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1196

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan institut talabalari o‘rtasida “Davlat bayrog‘i – Vatan timsoli” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi natijalarini e’lon qilamiz

“Davlat bayrog‘i – Vatan timsoli” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovining 1-o’rin g’olibi Sanoat farmatsiyasi fakulteti Metrologiya standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo‘nalishi 1 – kurs, “102 B” guruh talabasi Тo’raboeva Mohinur Akromjon qizi;

2-o’rin g’olibi Farmatsiya fakulteti 2 – kurs, “212 A” guruh talabasi Hamraeva Sarvinoz Azamat qizi;

3-o’rin g’olibi Sanoat farmatsiyasi fakulteti  2 – kurs, “204 A” guruh talabasi Fayzullaev Jahongir Shavkat o‘g‘li.

Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarning o’qishlarida omad tilaymiz va kelgusi tanlovlarda g’oliblik shohsupasiga chiqishlariga tilakdoshmiz.

G’oliblarni institut rahbariyati nomidan muborakbod etib, bundan ham katta yutuqlarga erishishlarini tilaymiz.

Institut matbuot xizmati