O‘zbekistonda ilk bora farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi ochildi

20.11.2020, 18:10 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1402

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida O‘zbekistonda ilk bora farmatsevtika va tibbiyot sohasida tijoratlashtirishga tayyor bo‘lgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi ochildi. Ikki kun davom etgan ko‘rgazmada yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va innovatsion markazlari tomonidan 100 ga yaqin ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Ko‘rgazmada barcha ilmiy muassasalar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika hamda zamonaviy davolash metodikalari namoyish qilindi. Mazkur ko’rgazmada Toshkent farmatsevtika instituti xodimlari kafedralardagi ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi. U yerda institut olimlari olib borgan izlanishlar natijalari aks etgan dori preparatlari namoyishi taqdim etildi.

Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni saralash, ularni tijoratlashtirish uchun investorlarni keng jalb etilgan ushbu ko‘rgazmada Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan taklif etilayotgan dori preparatlari davlat ma’lumotlar banki bazasiga kiritildi. Ko‘rgazma yakunida tashkilotchilar tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti qatnashchilariga tashakkurnoma taqdim qilindi.

 Institut matbuot xizmati