Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli. Vatanimizning beqiyos ramzidir.

18.11.2020, 13:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3538

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli. Vatanimizning beqiyos ramzidir.

Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi.

Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!

Bugun 18-noyabr Yurtimiz bayrog’I qabul qilinganiga 29 yil bo’ldi. Shu munosabat bilan barchangizni institut rahbariyati nomidan tabriklaymiz.

29 yoshini nishonlayotgan Bayrog‘imiz mustaqilligimiz ifodasi sifatida jahonning yuksak minbarlarida hilpirab turaversin!