“Yong’in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish” mavzusida talabalar o’rtasida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi
2020-yil 18-noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutining kichik faollar zalida “Yong’in xavfsizligi talablari, isitish moslamalari va pechlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish va shoshilinch evakuatsiya qilish qoidalari” bo’yicha talaba yoshlar o’rtasida targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibining 2020-yil 23-oktabrdagi topshirig’i hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 30-oktabr kunidagi 87-06-262-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazildi. Ushbu tadbirda institut soha soha mutaxassislari hamda Mirobod tumani FVB inspektori katta serjant Sobirov Xasan Erkinovich, Yong’inga qarshi kurash jamiyati Mirobod bo’limi xodimi Shorahmedov Iskandar Toirovich ishtirok etdilar.
Institut matbuot xizmati