“Yangi O’zbekiston, yangicha dunyoqarash”
Toshkent farmatsevtika institutining Sanoat farmatsiyasi fakulteti dekan muovini Ahmat Tugalov , ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Hasan Abdurahmonov, DVST kafedrasi assistenti Farruh Namozov Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida “Yangi O’zbekiston, yangicha dunyoqarash” shiori ostida tadbir tashkil etdilar. Ushbu tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni karantin davridagi tushkunlikdan olib chiqish maqsadida tashkil etilgan. “Yangi O’zbekiston, yangicha dunyoqarash” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda sportchilar, yozuvchilar ham ishtirok etdilar. Shuningdek anjumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5-muhim tashbbus yuzasidan ham ko’rgazmalar tashkil etildi.
Institut matbuot xizmati