“MEHR-SAXOVAT” ko’krak nishoni  bilan taqdirlangan institut professor-o’qituvchilarni mubarakbod etamiz

10.11.2020, 16:55 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1140

Ma’lumki Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, milliy qadriyat va an’analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini ulug‘lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV tomonidan “MEHR-SAXOVAT” ko’krak nishoni ta’sis etilgan bo’lib, mazkur mukofot bilan Toshkent farmatsevtika institutining  bir nechta professor-o’qituvchilari ham taqdirlandi. Bular:

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining professori, farmasevtika fanlari doktori Yunusova Xalida Mannanovna – “Mehr sahovat” ko‘krak nishoni

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistenti Eshmuratov Zayniddin Norboevich – “Mehr sahovat” ko‘krak nishoni

Dori vositalarini standartlash va sifat menejmenti kafedrasining assistenti Mustafaev Ummatjon G‘ayrat o‘g‘li – “Mehr sahovat” ko‘krak nishoni

“MEHR-SAXOVAT” ko’krak nishoni  bilan taqdirlangan institut professor-o’qituvchilarni mubarakbod etish maqsadida institut rektori  K.S.Rizaev   yig’lish tashkil etdi va mukofot egalariga  o’zining samimiy tilaklari  orqali o’z tabrikini bildirib kelajakdagi ishlarida omad tiladi.

Shuningdek mazkur yig’lishda institut rektori K.S.Rizayev  Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistenti,  farmasevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ilxomova Nargiza Baxtiyarovnani farmasevtika fanlari doktori (DcS) diplomi, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistenti  Jaloliddinova Muattar Shuxrat qizini  farmasevtika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomiga erishgani munosabati bilan ularga ham samimiy tilaklarini bildirib  muborakbod etdi.

            

Institut matbuot xizmati