Toshkent farmatsevtika institutining doktorantlari bilan yig’lish o’tkazildi

30.10.2020, 22:23 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar, Без рубрики 9273

Mazkur uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari O.A.To‘ychiev, vazirlikning Ta’lim va sog‘liqni saqlashga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i B.O.Xudanov, Toshkent farmatsevtika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.S.Normaxamatov, ilmiy – tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy- pedagog kadrlar bo‘lim bo‘shlig‘i M.T.Mullajanova hamda institutning doktorantlari ishtirok etishdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad doktoranturada tahsil olayotganlarni ilmiytadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanishida yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni, izlanuvchilarning dissertatsiyalari himoya o‘z vaqtida qilinmayotganligi va unga yechim topishdan iborat.  Uchrashuvda vazir o‘rinbosari O.A.To‘ychiev hozirgi kunda izlanuvchilarga yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan,doktorantlarga o‘z vaqtida himoya qilish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birgalikda, doktorantlar tomonidan berilgan savollarga javob berib o’tdi.

Uchrashuv so‘ngida, muntazam ravishda bunday yig’lishlarni uyushtirishga hamda ilmiytadqiqot faoliyatida doktorantlarning intellektual salohiyatini har tomonlama namoyon etishni qo‘llabquvvatlashga kelishib olindi.

Institut matbuot xizmati