Toshkent farmatsevtika instituti kafedralarida 2020-2021 o‘quv yilida mavjud vakant shtatlar haqida
30.10.2020, 11:15
E'lonlar, Institut yangiliklari 1707
MA’LUMOT
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’lim hamda tabiiy va farmatsevtik ta’lim sohalarini rivojlantirishga oid Qaror, Farmon, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va o‘quv jarayonida o‘quv–me’yoriy xujjatlarning yuritilishidan xabardor bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilg‘or surgan 5 tatashabbusining mazmun–mohiyatini bilishi;
– ilmiy–tadqiqot ishlari bilan mashg‘ulligi, keyingi yillarda e’lon qilingan ishlari
– talabgorda intellektual mulkni mavjudligi – ilmiy–texnik xisobotlar, tahliliy sharxlar, o‘quv va o‘quv–uslubiy adabiyotlarda muallifligi, ilmiy loyixalar tanlovlarida ishtiroki, farmakopeya maqolalarining loyihalari (davlat standartlari), ilmiy–tadqiqot ishlarining natijalari, O‘zR Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda va nufuzli xorijiy jurnallardagi nashrlari (materiallar taqdim etiladi);
– xorijiy tillarni bilish darajasi (tegishli sertifikatlar taqdim etiladi) va undan o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida foydalana olish malakasi;
– axborot texnologiyalaridan foydalana olish va ta’lim jarayonida qo‘llay olishi, masofaviy ta’lim hamda kredit–haqida ma’lumotlarga egaligi;
– xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoki xorijda malaka oshirish va stajirovkadan o‘tgan holatlar alohidave’tiborga olinadi;
– talabgorning shaxsiy sifatlariga e’tibor qaratiladi;
– yetakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va ma’suliyatlilik;
– muzokara olib borish qobiliyati;
– tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, korrupsiyaga yo’l qo‘ymaslik, ta’limga fidoyilik qobiliyatlari;
– yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qilish qobilyati.
FARMAKOGNOZIYA VA DORI VOSITALARINI STANDARTLASH kafedrasida Farmatsevtik kimyo vafarmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha professor 0,5, dotsent 1,5 stavka , Farmakologiya va klinik farmatsiya ixtisosligi bo‘yicha dotsent, 0,5 stavka , Mikrobiologiya ixtisosligi bo‘yicha katta o‘qituvchi 0,5 stavka, Patologiya ixtisosligi bo‘yicha assistent 0,5 stavka, Farmatsevtika ishini tashkil qilish ixtisosligi bo‘yicha assistent 0,5 stavka shtatlari vakant.
Nomzodga qo‘yiladigan xususiy malaka talablar:
– bazaviy ta’lim – Toshkent farmatsevtika institutining 5A510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya , 5A320406 – Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi , 5A510502 –Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish, Farmatsevtika iqtisodiyoti va menejment, Menejment(farmatsevtika sohasi bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari, mazkur oliy ta’lim muasassasining farmatsevt (provizor) yoki oliy ma’lumotli tibbiyot hodimi, Farmakologiya mutaxassisligi boyicha magistratura mutaxassisligiga ega bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha chiqargan Farmon, Qaror, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqnisaqlash vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi zarur;
– farmatsevtika sohasidagi tashkilot (dorixona, nazorat–analitik laboratoriya va boshqalar) boshqaruvi bo‘yicha ko‘nikmasiga, farmatsevtika sohasidagi tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish hamda dorixona savdo moliya faoliyatining tahlil qilish, farmatsevtika sohasidagi tashkilotlar ishini tashkil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak(Farmatsevtika ishini tashkil qilish uchun);
– dori vositalarini standartlashtirish va sifatini nazorat qilishda ishlatiladigan asbob uskunalarda ishlash kunikmasiga ega bo‘lishi hamda xalqaro GXP va ISO standartlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi kerak (Farmatsevtik kimyo moduli uchun);
– dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simlik mahsulotlarining nomlarini bilish, me’yoriy xujjatlar asosida ularni tahlil qila olish ko‘nikmasiga hamda Respublika florasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak( Farmakognoziya moduli uchun);
– turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlarningm farmakologiyasi, dori vositalarining o‘zaro ta’siri, farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga oid bilimlarga egabo‘lishi kerak (Farmakologiya moduli uchun).
– turli kasalliklarni klinik belgilarini, diagnostikasini va davolash prinsiplariga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak (Patologiyamoduli uchun)
Institut matbuot xizmati