Toshkent farmatsevtika  instituti kafedralarida  2020-2021 o‘quv yilida mavjud vakant shtatlar haqida
     
          30.10.2020, 11:15
         
         E'lonlar, Institut yangiliklari          2304
     
    MA’LUMOT
 Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy malaka talablar:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta’lim hamda tabiiy va farmatsevtik ta’lim sohalarini rivojlantirishga oid Qaror, Farmon, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va o‘quv jarayonida  o‘quv–me’yoriy xujjatlarning yuritilishidan xabardor bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ilg‘or surgan 5 tatashabbusining mazmun–mohiyatini bilishi;
– ilmiy–tadqiqot ishlari bilan mashg‘ulligi, keyingi yillarda e’lon qilingan  ishlari
– talabgorda intellektual mulkni mavjudligi – ilmiy–texnik xisobotlar,  tahliliy sharxlar, o‘quv va o‘quv–uslubiy adabiyotlarda muallifligi, ilmiy loyixalar tanlovlarida ishtiroki, farmakopeya maqolalarining loyihalari (davlat standartlari), ilmiy–tadqiqot ishlarining natijalari, O‘zR Oliy attestatsiya komissiyasi e’tirof etgan jurnallarda va nufuzli xorijiy jurnallardagi  nashrlari (materiallar taqdim etiladi);
– xorijiy tillarni bilish darajasi (tegishli sertifikatlar taqdim etiladi) va undan o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida foydalana olish malakasi;
– axborot texnologiyalaridan foydalana olish va ta’lim jarayonida  qo‘llay olishi, masofaviy ta’lim hamda kredit–haqida ma’lumotlarga egaligi;
– xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoki  xorijda malaka oshirish va stajirovkadan o‘tgan holatlar alohidave’tiborga olinadi;
– talabgorning shaxsiy sifatlariga e’tibor qaratiladi;
– yetakchilik fazilatlarining mavjudligi, shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati, tashkilotchilik va ma’suliyatlilik; 
– muzokara olib borish qobiliyati;
– tashabbuskorlik, ijodkorlik, stressga chidamlilik, korrupsiyaga yo’l qo‘ymaslik, ta’limga fidoyilik qobiliyatlari;
– yakka tartibda va jamoada ishlash, nizolarni hal qilish qobilyati.
FARMAKOGNOZIYA VA DORI VOSITALARINI STANDARTLASH   kafedrasida  Farmatsevtik kimyo vafarmakognoziya ixtisosligi bo‘yicha professor 0,5, dotsent 1,5 stavka , Farmakologiya va klinik farmatsiya ixtisosligi bo‘yicha dotsent, 0,5 stavka , Mikrobiologiya  ixtisosligi bo‘yicha katta o‘qituvchi 0,5 stavka, Patologiya  ixtisosligi bo‘yicha assistent 0,5 stavka, Farmatsevtika ishini tashkil qilish ixtisosligi bo‘yicha assistent 0,5 stavka shtatlari vakant.
 Nomzodga qo‘yiladigan xususiy malaka talablar:
– bazaviy ta’lim – Toshkent farmatsevtika  institutining 5A510501 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya ,  5A320406 – Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi ,  5A510502 –Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish,  Farmatsevtika iqtisodiyoti va menejment, Menejment(farmatsevtika sohasi bo‘yicha)  magistratura mutaxassisliklari,  mazkur oliy ta’lim muasassasining  farmatsevt  (provizor) yoki oliy ma’lumotli tibbiyot hodimi, Farmakologiya  mutaxassisligi boyicha magistratura  mutaxassisligiga ega bo‘lishi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan  farmatsevtika sohasini  rivojlantirish bo‘yicha chiqargan Farmon, Qaror, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Sog‘liqnisaqlash vazirligining buyruqlari va me’yoriy hujjatlaridan xabardor bo‘lishi zarur;
– farmatsevtika sohasidagi tashkilot (dorixona, nazorat–analitik laboratoriya va boshqalar) boshqaruvi bo‘yicha ko‘nikmasiga, farmatsevtika sohasidagi tashkilotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish hamda  dorixona savdo moliya faoliyatining tahlil qilish, farmatsevtika sohasidagi tashkilotlar ishini tashkil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak(Farmatsevtika ishini tashkil qilish uchun);
– dori vositalarini standartlashtirish va sifatini nazorat qilishda ishlatiladigan  asbob uskunalarda  ishlash kunikmasiga ega  bo‘lishi hamda xalqaro GXP va ISO standartlari bo‘yicha bilimga  ega bo‘lishi kerak (Farmatsevtik kimyo moduli uchun);
– dorivor o‘simliklar  va dorivor o‘simlik mahsulotlarining nomlarini bilish, me’yoriy xujjatlar asosida ularni tahlil qila olish  ko‘nikmasiga hamda  Respublika florasiga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak( Farmakognoziya moduli uchun);
– turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan  preparatlarningm farmakologiyasi, dori vositalarining o‘zaro ta’siri, farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga  oid bilimlarga egabo‘lishi kerak (Farmakologiya moduli uchun).
– turli kasalliklarni klinik belgilarini, diagnostikasini va davolash prinsiplariga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak (Patologiyamoduli uchun)
Institut matbuot xizmati