Yosh farmatsevtlar ma’naviy va ma’rifiy sohada ham faollar. Institutimiz talabasi Fayzullayev Jahongir “Eng yaxshi notiq” nominatsiyasi ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichining 1-o’rin g’olibi

27.10.2020, 19:55 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Sanoat farmatsiyasi fakulteti, Yangiliklar 1235

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan #ona_tilim_faxrim heshtegi ostida O‘zbek tilining 31 yilligi munosabati bilan e’lon qilinganEng yaxshi notiqnominatsiyasi ko‘riktanlovining Respublika bosqichida 1-o‘rinni Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2-bosqich 204-A guruh talabasi Fayzullaev Jahongir  Shavkat o‘g‘li qo‘lga kiritdi. “Eng yaxshi notiqnominatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘riktanlovining 1-o‘rin g‘olibi Fayzullaev Jahongir Shavkat o‘g‘lini institut rahbariyati nomidan tabriklab, kelgusi ishtiroklarida omadlar tilaymiz.

Institut matbuot xizmati