O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida “Ona tilim – g‘ururim, faxrim” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi

22.10.2020, 08:55 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1096

21-oktabrO‘zbek tili bayrami kunini professoro‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida keng nishonlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan 2020-yil 21-oktabr kuni soat: 14-00 da professoro‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida online Zoom platformasi orqali  Ona tilimg‘ururim, faxrim mavzusida adabiybadiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbek tili va adabiyotikafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva, kafedrao‘qituvchilari F.Z.Umarova, N.X.Ashurova, S.B.Mirazimova va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Suhbat jarayonida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva “Til millat ko‘zgusiva f.f.n.F.Z.Umarova Ona tilimg‘ururim, faxrim” mavzularida ma’ruza qildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Shuningdek, talabalar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

katta o‘qituvchisi N.X.Ashurova