O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyatini kafedra professor-o‘qituvchilari yetkazish va tanishtirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

16.10.2020, 15:47 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1265

 O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirni institut O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘z so‘zlarida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyati, ta’lim-tarbiya masalalari, talabalarni o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib shakllanishi, ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuning mazmun-mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan taqdimot materiallari namoyish etildi va bu borada kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida muzokaralar olib borildi.

Institut matbuot xizmati