“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi infografika” hamda “Yil talabasi-2020” ko‘rik-tanlovlarida faol ishtirok eting

16.10.2020, 15:27 E'lonlar 1142

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan 2020-yilning 17-yanvar kunida tasdiqlangan “2020-yilda yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yilning 19-sentabr kunidagi “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng  yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi infografika” nominatsiyalari bo‘yicha masofaviy respublika tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 489-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida institutda tanlov joriy etilgan. Shuningdek,        O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Madjidov tomonidan 2020-yil yanvarda tasdiqlangan “2020-yilda Yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Yo‘l xaritasi”ning 8-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 19-sentabr kunidagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovini tashkil  etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi  488-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida institut talabalar o‘rtasida “Yil talabasi-2020” ko‘rik-tanlovi joriy etilgan. Tanlovlarda faol ishtirok eting va o‘z imkoniyatlaringizni sinab ko‘ring. Tanlov muddatlariga oz fursatlar qoldi.

Institut matbuot xizmati