Farmatsevtika fanlari doktori, professor Yunusova Xolida Mannanovna “MEHR-SAXOVAT” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

16.10.2020, 15:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1086

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26 maydagi Farmoniga asosan ta’sis etilgan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani; tanti va olijanob xalqimizning buyuk tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, milliy an’analarini munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgani; xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berishdagi tashabbuskorligi; bugungi murakkab va og‘ir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi; beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgani uchun Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professori, farmatsevtika fanlari doktori Yunusova Xolida Mannanovna “MEHR-SAXOVAT” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanadi.

Institut jamoasi va talabalar nomidan Yunusova Xolida Mannanovnani samimiy muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Institut matbuot xizmati