O‘zbek tili bayrami munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Til – millat iftixori” mavzusida seminar tashkil etildi

16.10.2020, 13:18 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 983

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatida qo‘llanilishini kengaytirish, rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”, 2020-yil 7-oktabrdagi “O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etiladigan umumxalq bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi majlis bayonida belgilangan tegishli vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida keng nishonlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Toshkent farmatsevtika instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan onlayn Zoom orqali 12-00 da “Til – millat iftixori” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan filologiya fanlari doktori professor Islomjon Yoqubov, filologiya fanlari nomzodi Matlyuba Jabborova, f.f.n, dotsent Gulnoza Juraeva, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan filologiya fanlari doktori professor Islomjon Yoqubov O‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilinganligining tarixi va yoshlarning savodxonligini oshirish yuzasidan o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.

Institut matbuot xizmati