Magistratura yo’nalishida an’anaviy tarzda dars jarayonlari boshlandi

15.10.2020, 14:57 Boshqalar, E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 1366

Toshkent farmatsevtika institutining 2020-2021- o’quv yili  uchun magistratura bosqichiga  qabul qilingan talabalar bilan institut rahbariyati tomonidan yig’ilish o’tkazildi. Unda o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Z.A.Yo’ldoshev  uchrashuvni kirish so’zi bilan ochib berdi va magistratura bosqichiga qabul qilingan talabalarning o’qishlarida omad va zafarlar tiladi.

Eslatib o’tamiz,  magistraturaning barcha bosqich  talabalari uchun an’anaviy tarzdagi dars jarayonlari  2020-yil 12-oktabrdan boshlandi.

Institut  matbuot xizmati