Institut rahbar xodimlari va bo’lim boshliqlari ishtirokida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi

12.10.2020, 16:47 Institut yangiliklari, Tadbirlar, Yangiliklar 1176

2020-yil 12-oktabr kuni institut rahbar xodimlari va bo’lim boshliqlari ishtirokida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ilmiy ishlar  va innovatsiyalar bo’yicha prorektor N.S.Normaxamatov “PQ-2909-sonli qarorining ijrosini bo’yicha kafedralar, dekanat va institutda amalga oshirilayotgan ishlar, me’yoriy hujjatlarni tartibga keltirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar” xususida ma’lumot taqdim etdi.Kun tartibiga kiritilgan ikkinchi masala “Institut Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash faoliyati va yangi o‘quv yilida talabalar o‘rtasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan targ‘ibot-tashviqot hamda talaba-qizlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” yuzasidan xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengash raisi B.Boltayeva so’zga chiqdi. Institutga yuqori tashkilotlardan kelib tushgan xujjatlar va ularning ijrosi yuzasidan ichki nazorat va monitoring bo’limi xodimi H.Abdurahmonov tomonidan ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek  1-bosqich talabalari bilan  tashkil etilgan tanishtiruv darslari, uzoq viloyatlardagi talabalar uchun o’z hududlarida markazlashgan holatda bazalar tashkil qilinib, hududlarga biriktirilgan  institut professor-o’qituvchilari tomonidan mazkur darslarni olib borish yuzasidan turli masalalar kelishib olindi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova