Toshkent farmatsevtika instituti va Samarqand Davlat tibbiyot instituti o’rtasida tajriba almashinuvi

09.10.2020, 16:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1621

2020-yil  7-8 oktabr  kunlari Samarqand Davlat tibbiyot institutining Farmatsiya fakulteti dekani va dekan muovini hgamda kafedra mudirlari Toshkent farmetsevtika institutiga tashrif  buyurdilar.  Tashrif jarayonida Samarqand Davlat tibbiyot instituti xodimlari Toshkent farmatsevtika institutining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, institutda Moodle tizimida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida, axborot texnologiyalari markazi, o’quv xonalari , mutaxassislik fanlari bo’yicha barcha kafedralar,dekanatlarning ish yuritish faoliyatlari,  institutdagi laboratorya xonalari, institut hududida barpo etilayotgan ishlab chiqarish kompleksi bilan tashrif buyurgan mehmonlar tanishtirildi va barcha ma’lumotlar berildi.   Qolaversa mutaxassislik fanlarini mukammal o’rganishda kerakli bo’lgan o’quv darsliklardan bir nushadan mehmonlarga taqdim etildi va mazkur o’quv q”lanmalardan ko’plab nushada harid qilishga kelishildi. Tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida talabalar almashinuvi, o’zaro hamkorlik ishlarini yanada yo’lga qo’yish va yana ko’plab muhim masalalar yuzasidan memorandum imzolashga kelishilgan holda yakunlandi.

Institut matbuot xizmati