Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi

18.09.2020, 15:54 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1302

XX-asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad  o‘g‘li Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkent shahrida, bo‘zchi oilasida dunyoga kelgan. U avvaliga o‘rta maktabda, 1922-1925-yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil oladi. So‘ngra O‘rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o‘qishini davom ettirib,1930-yilda universitetni yakunlaydi va tahsil olgan maskanida siyosiy iqtisod fanidan dars bera boshlaydi.Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan.

Oybek mohir shoir bo‘lgani kabi yetuk romannavis ham edi. U yaratgan «Qutlug‘ qon», «Navoiy», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiydan shabadalar», «Quyosh qoraymas» kabi epik polotnolar o‘zbek realistik romanchiligi taraqqiyotida muhim bir davrni tashkil etadi.

Muso Toshmuhammad  o‘g‘li Oybekning hayoti va ijodi haqida yana ko’plab ma’lumotlarni keltirshimiz mumkin. Lekin talabalarga bu ma’lumotlarni  yanada qiziqarliroq qilib yetkazish, hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yilning 3-iyundagi 311-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutining rahbar xodimlari tomonidan 2020-yil 17-sentyabr kuni “Adiblar  hiyoboni”ga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.

Tashrifda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’I N.X.Ashurova, bo’lim uslubchisi N.E.Yusupova, Farmatsiya fakulteti dekan muovini A.Tagbayev  va talabalar qatnashdilar.

 Tashrif chog’ida Muso Toshmuhammad  o‘g‘li Oybekning hayoti va ijodi haqida ko’plab ma’lumotlar berish bilan bir qatorda uning she’riy to’plamlaridan ham parchalar keltirildi va adibning haykali poyiga gulchambar qo’yildi.

Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanmog’imiz o’rinlidir. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek  “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi”.

             

Institut matbuot xizmati