Toshkent farmatsevtika institutining magistratura bosqichiga kirish imtihonlari boshlandi

15.09.2020, 15:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1229

Avval xabar qilganimizdek Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari  8-20 sentabr kunlarida o‘tkazilib borilmoqda.

2020-yil  15-sentabr kuni soat 12:00 da  Toshkent farmatsevtika institutining  magistratura bosqichiga  kirish imtihoni boshlandi.

Imtihonning ikkinchi guruh abiturientlari uchun test sinovlari bugun 15-sentabr  kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Toshkent farmatsevtika  institutining magistratura bosqichiga kirish imtihoni  Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida bo’lib o’tmoqda. Shuni ham ma’lum qilamizki, 2020-2021 o’quv yili  uchun magistratura bosqichiga jami 189 nafar abiturient  ro’yhatdan o’tdi. Ulardan barcha mutaxassisliklar bo’yich jami qabul qilinuvchi abiturientlar soni 78 nafarni tashkil etadi.

Baracha hujjat topshirgan abiturientlarga kirish test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib olishlarini tilaymiz.

Institut matbuot xizmati