“FARMATSEVTIKA SOHASINING BUGUNGI HOLATI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR” MAVZUSIDA HALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

12.09.2020, 11:43 E'lonlar, Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2734

HURMATLI HAMKASBLAR!

Toshkent Farmatsevtika instituti Sizlarni 2020-yilning 13-14 – noyabr kunlari Toshkent shahrida “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusida bo‘lib o‘tadigan halqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!

TAShKILOTChILAR

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Farmatsevtika instituti.

Anjuman ishtirokchilari: O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning pedagog-o‘qituvchilari, olimlar, ilmiy tadqiqotchilari, magistr talabalar va sohadagi boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanning maqsadi: Innovatsion, raqobatbardosh dori-darmonlarni yaratish istiqbollarini, Farmatsevtika fanlari va texnologiyalarining asosiy muammolari, yechimlari va yutuqlarini muhokama qilish, fikr almashish.

ANJUMAN YO‘NALIShLARI:

  • farmasevtik ta’lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari;
  • sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar;
  • farmatsiyada marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustuvor yo‘nalishlari;
  • dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash;
  • yangi dori vositalarini yaratish;
  • farmakologiya va klinik farmatsiya;
  • sud va klinik toksikologiya.

 

ANJUMAN FORMATI:

 

  • Plenar ma’ruzalar
  • Seksion ma’ruzalar
  • Innovatsion yarmarka

 

Izoh: pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn tarzda o‘tkazilishi mumkin.

 

Tezislarga talablar:

 

  1. Tezis xajmi – 2 to‘liq sahifa, A4 formatda, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, chap tomondan 3sm., o‘ng tomondan 1,5sm., yuqori va pasti 2 sm, matnda qatorlararo 1,0 intervaldan foydalanilgan xolda.

2.Tezis nomi bosh xarflar bilan o‘rtaga yoziladi. Navbatdagi qatorga muallif to‘liq familiyasi va ism-sharifi bosh xarfi yoziladi. Navbatdagi qatorda tashkilot, shaxar, davlat nomi to‘liq va manzili (telefon raqami, e-mail) ko‘rsatilishi shart. Ma’ruza bilan qatnashuvchi ishtirokchi familiyasi ostida chiziq bilan belgilanadi va ishtirokchi qaydnomasi to‘ldirilib yuboriladi.

3.Faylda faqat bir tezis bo‘lishi kerak, fayl nomi birinchi muallifning nomi bilan nomlanadi (masalan Botirov I.M.docx).

4.Mualliflar tomonidan tezisdagi qisqartmalar matnlarda matndagi birinchi marotoba  qo‘llanilgan xollarda to‘liq ko‘rsatilishi kerak.

5.Tezislar yoki o‘zbek, yoki rus, yoki ingliz tilida bo‘lishi mumkin.

6.Tezislar tashkiliy qo‘mitaga ikki nusxada, ikkinchi nusxada mualliflar va tashkilot rahbarining chop etishga roziligini tasdiqlovchi imzosi hamda elektron shaklda Microsoft Word 2007 versiyada (yoki oldingi versiyalarda) topshirilishi kerak.

 

Tashkiliy qo‘mita materiallarni to‘plamga kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Anjuman talablarini buzgan holda jo‘natilgan tezislar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va qaytarilmaydi!

 

Tezislarni qabul etish muddati:

Tezislar quyidagi elektron manzilda 10 oktabr  2020 yilgacha qabul qilinadi:  naukapharmi@mail.ru

 

BOG‘LANISH UCHUN MA’LUMOT:

TASHKILIY QO‘MITA:

Toshkent Farmatsevtika institut: Toshkent sh.,   Oybek – 45

tel/faks: (+99871) – 2563954

Mullajonova Manzura Toxirovna, farm.f.n., dotsent (ilmiy bo‘lim mudiri)

Tel.: (+99894)-6771341;

e-mail: naukapharmi@mail.ru

 

Ishtirokchi qaydnomasi va tezis namunasi quyida ilovada keltirilgan (Reg. shakli i tezis.doc namunasi). Ishtirokchining hammualliflari bo‘lgan holda, qayd varaqasi (ro‘yhatdan o‘tish shakli) faqat ma’ruzachi uchun to‘ldiriladi.

 

TEZIS NAMUNASI

 

DORIXONALARDA FARMASEVTIK YoRDAM  KO‘RSATISh ASOSLARI VA BUGUNGI KUNDAGI HOLATI TAHLILI

Ziyamuxamedova R.M., Zaynutdinov X.S., Saidova M.Ya.

Toshkent Farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston  Respublikasi

e-mail: ranoo1988@mail.ru, tel

 

Dolzarbligi:

Maqsad:

Usul va uslublar:

Natijalar:

Hulosalar:

Adabiyotlar:

 

Ishtirokchi qaydnomasi namunasi*

“Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi halqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchisining ma’lumotlari

 

Ma’ruzachi ismi,sharifi,otasining ismi____________________________________

OTM(Tashkilot)__________________________________________________________

Kafedra__________________________________________________________________

Lavozim, ilmiy daraja, unvon______________________________________________

Ish manzili______________________________________________________________

Aloqa telefon raqami_____________________________________________________

E-mail____________________________________________________________________

Ma’ruza nomi_____________________________________________________________

Texnik vositalarga yehtiyoj (nomi ko‘rsatilsin)_____________________________

To‘ldirilgan sana__________________________________________________________

 

*Shakl institut xodimlaridan tashqari barcha ishtirokchilar tomonidan to‘ldiriladi