“Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari” mavzusida online tarzda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

11.09.2020, 17:45 Institut yangiliklari, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Tadbirlar, Yangiliklar 1425

Salomatlik – inson kamolotining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, shaxsning hech kim dahl qila olmaydigan huquqi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, shaxsiy va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi garovidir. Ma’lumki, jamiyatimizda inson salomatligi, jismoniy barkamolligi, sog‘lom turmush tarzi madaniyatiga egaligi o‘ta muhim ijtimoiy qadriyat hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020- yil 27-avgustdagi  87-06-666-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida 2020-yil 10-sentyabr kuni “Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlari” mavzusida ZOOM orqali online tarzda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.X.Ashurova, Farmakognoziya kafedrasi dotsenti M.A.Xodjaeva, Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti R.Z.Umrzakova, institut “Murabbiylar kengashi” raisi N.S.Salimsakova hamda fakultet dekan muovinlari qatnashdi. Tadbir jarayonida soha mutaxassislari mavzu yuzasidan qiziqarli ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirda 100dan ziyod talabalar ishtirok etib, uchrashuv davomida  o’zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblarni oldilar.

            

 

Institut matbuot xizmati