Toshkent farmatsevtika instituti bilan Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti oʼrtasida farmatsiya taʼlim yoʼnalishi boʼyicha qoʼshma taʼlim dasturiga onlayn hujjat topshirgan abiturientlar diqqatiga!

10.09.2020, 15:45 E'lonlar, Institut yangiliklari, Yangiliklar 1815

Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 2019-yil 4-iyuldagi 1-son majlisi bayonining 38-bandiga muvofiq 2019-2020 oʼquv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qoʼshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan taʼlim yoʼnalishlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʼtkazilishi lozim.

Imtihonlarning birinchi bosqichida abiturient Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 25-sentyabriga qadar oʼtkazilishi rejalashtirilgan test sinovlaridan oʼtishlari lozim. Test sinovlari karantin talablariga toʼla rioya qilgan holda ochiq maydonlarda boʼlib oʼtadi.

Test sinovlarining aniq oʼtkazilish vaqti va joyi boʼyicha yana maʼlumot beramiz.

Qabul komissiyasi