2020-2021 o’quv yili uchun jamoatchilik kengashi o’z faoliyatini boshladi

07.09.2020, 17:03 E'lonlar, Institut yangiliklari, Kengashlar, Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, Yangiliklar 1303

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi  PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida  ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha  qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent farmatsevtika institutida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, institutda jamoatchilik kengashi tashkil etilgan bo’lib, yangi o’quv yili uchun  institut professor-o‘qituvchilari  tarkibiga ishga qabul qilish bo‘yicha monitoring ishlari olib borilmoqda. Unga ko‘ra yangi qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilar ochiq dars o‘tib berishmoqda va ishchi guruhi tomonidan ularning dars o‘tish mahorati baholanib borilmoqda. Mazkur kengash 2020-yil 4-sentyabrdan o’z ishini boshladi.

 

Institut matbuot xizmati