Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizaev Kamol Saidakbarovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi

29.08.2020, 18:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1581

Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʼqqiz yilligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgust kunidagi farmoniga asosan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoiylik koʼrsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhi taqdirlandi.

Mamlakatimizda sogʼliqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash ishiga oʼzining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qoʼshgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, oʼz hayoti va sogʼligʼini  xavf ostiga qoʼyib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado  etishdagi jasorati uchun Toshkent farmatsevtika instituti rektori Rizaev Kamol Saidakbarovich ham “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.

Institut jamoasi va talabalar nomidan Rizaev Kamol Saidakbarovichni samimiy muborakbod etamiz. Ularga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi