E’lon. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan tanlov e’lon qilamiz!

26.08.2020, 18:31 E'lonlar 1538

Hurmatli talabalar diqqatiga!

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti miqyosida  “ Sen – qudrat manbai, saodat  maskani, jonajon O’zbekistonim” mavzusida insholar, rasmlar va  videolavhalar tanlovi tashkil etildi. Tanlov sentyabr oyining  29-sanasiga qadar davom etadi. Tanlovda har bir yo’nalish bo’yicha eng yaxshi iste’dod  g’olibi “Faxriy yorliq” va sovg’alar bilan taqdirlanadi. G’oliblar tashkil etilgan tanlovning hay’at a’zolari tomonidan aniqlanadi.
Tanlovda qatnashish uchun ma’lumotlaringizni quyidagi raqamlarga yuborishingiz mumkin.

+99890-916-50-40

+998 90-928-40-20

+998 97 130 86 82

Institut matbuot xizmati