Taʼziya

20.08.2020, 12:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1310

2020-yil 18-avgust kuni sobiq o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi, shuningdek, Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistenti Yuldasheva Saodat Abduraxmanovna uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng, bevaqt hayotni tark etdi.

Yuldasheva Saodat Abduraxmanovna 1967-yil 18-sentabrda,  Sirdaryo viloyati tug‘ilgan.

1984-1990 – yillar davomida Toshkent farmatsevtika instituti talabasi bo‘lgan. 1990-1995 – yillar mobaynida Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidagi 1-sonli dorixona provizori lavozimda faoliyat olib bordi. 1995-yildan buyon esa Toshkent farmatsevtika institutining o‘quv-uslubiy bo‘lim uslubchisi, bir vaqtning o‘zida Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasining assistenti lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Institut jamoasi Yuldasheva Saodat Abduraxmanovnaning oila a’zolariga va yaqinlariga o‘z ta’ziyasini bildiradi.