Ta’ziya

11.08.2020, 17:07 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1383

Toshkent farmatsevtika institutida koʻp yillar davomida oʻzining samarali va fidokorona mehnatlari bilan hamkasblar oʻrtasida alohida eʼtibor qozongan, ilmiy faoliyati davomida koʻplab yutuqlarga erishgan institutimiz professor- oʻqituvchilaridan ayrimlari bu foniy dunyoni tark etdilar. Institutimiz rahbariyati va jamoasi nomidan Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya ishini tashkil qilish kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, “Buyuk kelajak” tashkiloti eksperti Djalalov Sanjar Chingizovichni, farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi Temirov Bahrom Sultonrahmatovichni vafoti munosabati bilan institut rahbariyati, barcha jamoasi nomidan taʼziyamizni bildiramiz. Oila aʼzolariga esa yaratgandan sabr bardosh tilaymiz.