1105 raqamli Call-markazda institutimiz jamoasining bugungi faoliyati haqida

06.08.2020, 14:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1235

Maʼlumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham koronavirus pandemiyasi bilan bogʼliq mushkul vaziyatni boshimizdan oʼtkazmoqdamiz. 

Mana shunday ogʼir bir davrda tushkunlikka berilmasdan, xalqimiz uchun 1105 raqamli Call – markazda chin dildan fidokorona faoliyat olib borayotgan institutimiz rahbar xodimlari va professor- oqituvchilari yurtdoshlarimizga pandemiya sharoitida kasallikni davolash boʼyicha tibbiy maslahatlari, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish boʼyicha koʼrsatmalarini berib kelmoqdalar. Ushbu maslahatlar orqali xalqimiz oʼzlariga kerakli maьlumotlarni olganliklarini, qanchadan-qancha fuqarolarimizni tushkunlik holatidan sogʼlom turmush tarziga qaytganligi misolida kurishimiz mumkin. 

Shuningdek institutimizning ahil jamoasi oz kasbiga bolgan masuliyati va faolligi bilan OAV xodimlarining etiboriga sazovvor bolib kelmoqda. Buni institutimiz rahbar xodimlari, professor- oqituvchilarining har kuni, kun davimida “Ozbekiston24” telekanali orqali jonli tarzda tashkil etilgan “Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabidan” loyihasidagi doimiy chiqishlarida korishingiz mumkin. 

Bugun ya’ni 2020-yil 6-avgust kuni 1105 raqamli Call-markaziga fuqarolarimizdan bo’lgan murojaatlar haqidagi batafsil ma’lumotlar institutimizning Sanoat-farmatsiyasi fakulteti dekani  Z. Mamatqulov tomonidan oynayi  jahon orqali xalqimizga taqdim etildi.

Shuni ma’lum qilamizki bugun 2020-yil 6-avgust sanasi kunning birinchi yarmiga qadar fuqarolarimizdan bo’lgan murojaatlar soni bir yarim mingdan oshdi.

 

Institut matbuot xizmati